Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:32

Vyengriya O‘zbekistonga 50 million dollar kredit ajratadi


Vyengriyaning Eksport-import banki (Eksimbank) O‘zbekiston hukumatiga 50 million AQSh dollari miqdorida kredit berishga qaror qildi.

Praym-TASS axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu haqda Vyengriya Respublikasi Prezidenti Pal Shmitt 22 sentabr kuni Nyu Yorkdagi BMT Bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuv paytida ma‘lum qilgan.

Ajratilajak kredit tibbiy uskunalar sotib olish, shaharlarda elektr quvvatini tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, neftni qayta ishlovchi zavodlarning tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish kabi ishlarga sarflanishi mo‘ljallangan.

Kredit haqidagi shartnomaning joriy yil oxirigacha imzolanishi rejalanmoqda.
XS
SM
MD
LG