Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:49

Google "qotili" o‘z faoliyatini to‘xtatdi


Google qotili sifatida ko‘rilgan Cuil.com o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Google qotili sifatida ko‘rilgan Cuil.com o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Googlening navbatdagi “qotili” sifatida tashkil qilingan Cuil qidiruv sistemasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi [rus]. Ayni paytda sayt ishlamayapti, ammo loyiha to‘xtatilganligi rasman e‘lon qilingani yo‘q. Techcrunch dagi bologerlar orqali olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, loyiha xodimlari oxirgi bir nechta hafta davomida oyliklarini olishmagan va hozirda o‘zlariga yangi ish qidirishmoqda.

Sayt 2008 yil iyul oyida ishga tushirilgan edi. Uni Google ning sobiq xodimlari ishlab chiqishgan va loyiha mualliflari ular ishlab chiqqan internet xizmati internetda qidiruv bo‘yicha eng samarali natijalar berishini ta‘kidlashgan edi.

Loyiha Google ning “qotili”ga aylana olmasligi hozirgi kunda aniq bo‘lib ulgurdi. Sababi saytga kirish juda ham pasayib ketdi. Loyiha uchun ajratilgan 33 million dollar nima uchun sarflangani ham noma‘lum. Ehtimol loyiha mualliflari o‘zlarining kuchlarini hisobga olmagan, Google qidiruv sistemasining rivojlanish sur‘ati va kuchiga e‘tibor berishmagandir?

Cuil ning 2008 yil dekabrdan hozirgacha qanday faoliyat olib borganiga hayron qolish mumkin. Shu bilan birga Google ning yana bir “qotili” kutilgan ishonch va umidlarni oqlamadi. Albatta internet olami bozoridagi raqobat birinchi navbatda biz foydalanuvchilar uchun foydali. Menimcha, hozir faqat Wolfram Alpha gina Google “qotil”ligiga da‘vogarlik qilishi mumkin.

Siz nima deb o‘ylaysiz aziz mushtariy, internet olamidagi qidiruv bozorida Google ga haqiqiy raqobatchi paydo bo‘lishi mumkinmi?
XS
SM
MD
LG