Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:48

O‘zbek va qirg‘iz chegarachilari kelishib oldi


O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi ba‘zi o‘tish punktlari ochiladigan bo‘ldi, lekin eng serqatnov Do‘stlik chegara posti hozircha yopiq.
O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi ba‘zi o‘tish punktlari ochiladigan bo‘ldi, lekin eng serqatnov Do‘stlik chegara posti hozircha yopiq.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegara xizmatlari rahbarlari 22 sentabr kuni Botkenda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda iyun voqealaridan so‘ng yopilib qolgan chegaraning ba‘zi punktlarini 23 sentabrdan boshlab ochishga kelishib oldi.

Qirg‘iziston Chegara xizmati matbuot vakilidan olingan ma‘lumotlarga qaraganda, 23 sentabrdan boshlab O‘zbekistonning “Vodil”, “Birlashgan”, “Barak”, “Qizil-qiya”, “Limburg”, “Tul”, “G‘aznov”, “Oqqiya”, “Duvayram” chegara maskanlari, Qirg‘izistonning “Chechma”, “Etikchi”, “Qaytpas”, “Bo‘zadir” chegara masaknlaridan tegishli hujjatlari mavjud holatda Qirg‘iziston fuqarolari va ularning transport vositalari kechayu kunduz o‘tib-qaytishi mumkin.

Shuningdek, Moylisoy shahridagi elektr lampa zavodining to‘laqonli ishlashini ta‘minlash uchun "Madaniyat" maskani ham fuqarolar va transport vositalari uchun ochiladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning So‘x tumani va Rishton tumanidagi Cho‘nqora qishlog‘i aholisi hamda shu hududdagi O‘zbekistonga qarashli muayyan korxona tashkilotlar xodimlari uchun Qirg‘izistonning "Gazprom" va O‘zbekistonning “O‘qchi” maskanlari 23 sentabrdan ochiladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bu ma‘lumotlarni Qirg‘iziston Chegara xizmati tarqatdi.

Demak, ikki davlat o‘rtasidagi eng serqatnov o‘tish joylari, jumladan O‘shga o‘tiladigan "Do‘stlik-Dostuk", "Qorasuv-Kara-Suu" nazorat-o‘tkazish maskanlari yopiqligicha qoladi.

Eng serqatnov "Do‘stlik-Dostuk" Qirg‘iz-O‘zbek chegara punkti:

View Larger Map

Bu fikr keltirilgan ma‘lumotlar mantig‘idan kelib chiqadi.

Shunday bo‘lsa-da, Qirg‘iziston Chegara xizmati matbuot vakili Salqin Abdiqariyeva bilan bog‘lanib, so‘radik:

Ozodlik: "Do‘stlik" va "Qorasuv" o‘tish joylari yopiqligicha qolavyeradimi?

- Shu kunda "Do‘stlik" va "Qorasuv" chegara maskanlari yopiq va ulardan uchinchi davlatlar fuqarolarigina o‘tishi mumkin. O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari bu maskanlardan o‘ta olmaydi, dedi Salqin Abdiqariyeva.

Uning aytishicha, bu punktlar iyun voqealaridan so‘ng O‘zbekiston tashabbusi bilan yopib qo‘yilgan va 22 sentabr kungi uchrashuvda bu masala ko‘rilmagan.

- Kechagi uchrashuvda bu punktlarni ochish masalasi muhokama qilingani ham yo‘q. Chegara xizmatlari rahbarlari, asosan, Qirg‘izistonning Botken va O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatlari o‘rtasidagi chegara chizig‘ida joylashgan o‘tkazish maskanlari bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganishdi, dedi Salqin Abdiqariyeva.

Qirg‘iziston Chegara xizmati matbuot vakilining fikricha, "Do‘stlik" va "Qorasuv" kabi yirik o‘tish joylari masalasi Chegara xizmatlari darajasida emas, balki hukumatlar darajasida hal qilinishi mumkin. Hozircha esa, bu maskanlarning qachon ochilishi ma‘lum emas".

Masala yuzasidan O‘zbekiston rasmiylaridan biron ma‘lumot olishning imkoni bo‘lmadi.

Botken viloyati davlat ma‘muriyati huquq-tartibot organlari bo‘limi mudiri Toshtemir Eshaliyevning Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati muxbiri bilan suhbatda aytishicha, ikki davlat o‘rtasidagi chegarada "10 oktabrda Qirg‘izistonda o‘tadigan parlament saylovidan keyin o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin".
XS
SM
MD
LG