Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:40

Paxta narxi oshdi, lekin dehqonga buning nafi yo‘q!


Jahon bozorida paxta narxining keskin oshib ketgani o‘zbek dehqonini xursan qilgani yo‘q.
Jahon bozorida paxta narxining keskin oshib ketgani o‘zbek dehqonini xursan qilgani yo‘q.
Paxta narxi yil boshidan buyon 62 foizga oshdi. Ayni paytda jahon bozorida bir funt (454 gramm) paxta tolasi 1,02 dollarga sotilmoqda. Paxta narxining ko‘tarilgani bu yil Osiyoda paxta hosili kam yetishtirilishi bilan izohlanmoqda. Jahon bozorida paxta narxining ko‘tarilganidan o‘zbek dehqonining ham daromadi oshadimi?

Bir funt (454 gramm) paxta tolasi narxining 1 AQSh dollaridan oshgani paxta savdosi tarixida ikkinchi bor kuzatilmoqda. Bu jahon bozorlarida paxta xom ashyosining yetishmasligi va bu yil Osiyoda paxta hosili kam bo‘lishi bilan bog‘liq.

Maqolaning audiosini eshiting:



Paxta yetishtirishda dunyoda birinchi o‘rinda turadigan Xitoyda yil seryomg‘ir keldi, dunyodagi paxta eksportining 8 foizini beradigan Pokistonda paxta maydonlarini sel yuvib ketdi, Hindiston esa hali paxta eksportiga qo‘ygan cheklovini bekor qilgani yo‘q. Ana shu sabablarga ko‘ra, ekspertlar bu yil dunyoda paxta defitsiti 2 million tonnaga yetishi va har tonna paxta tolasining narxi 2,8-3 ming dollargacha ko‘tarilishi mumkinligini bashorat qilmoqda.

Osiyodagi paxta yetishtiruvchi boshqa davlatlardan farqli o‘laroq, bu yil O‘zbekistonda paxta hosili har yilgidan ancha yaxshi bo‘ldi. O‘zbekistonlik dehqonlar bu yil paxta yili bo‘lganligini aytmoqdalar. Xo‘sh, jahon bozoridagi paxta narxining oshishi o‘zbekistonlik dehqonga naf keltiradimi?

Qorqalpog‘istonlik fermer Qubay Ortiqov bugun dehqon yetishtirayotgan paxtadan tushadigan daromadning asosiy qismi davlat hisobiga o‘tib ketyapti, deydi.

- Davlat bizdan birinchi sort paxtani 640 ming so‘mdan, ikkinchi sortni 600 ming so‘mdan sotib olyapti. Dehqon ayni paytda paxta real bahosining 50 foizini olayapti. Qolgan 50 foizi xlopkopromga qolayapti. Chinovniklarga qolayaptida. Dehqonning manglay teri paxta yetishtirishga ketayapti, huzurini esa boshqalar ko‘rayapti. Ikkinchidan, olibsotarlar, paxtaga kvota olib, chet davlatlarga sotadigan tashkilotlar. Dehqonning mehnati huzurini shular ko‘rayapti,- deydi Qubay Ortiqov.

Bugun dehqon paxta yetishtirishdan deyarli foyda ko‘rmaydi, kuzda xirmon ko‘tarilganda foyda va xarajat uchma uch bo‘lib chiqyapti, deya davom etadi Qubay og‘a.

- Mana mineral o‘g‘itning bahosi o‘rtacha hisoblaganda, tonnasi 300 ming so‘m. Solyarkaning bir litri 1200 so‘m. Yangi texnika olish qancha ekanini bilasizmi? Bitta kultivatorli traktor 27 million turadi. Hisob-kitob qiling amortizatsiyasi qancha bo‘ladi uning. Yana davlatga to‘laydigan soliq yuki juda og‘ir. Oylikka deb olgan har 1000 so‘mimizga 450 so‘mdan soliq to‘layapmiz. Bilasizmi fermer qancha soliq to‘laydi? 16 xil soliq to‘laydi. Yagona soliq sistemasini barpo qilganimiz qayoqda qoldi, bu soliqlar qayoqqa ketdi?

Yurtboshimizning niyati tuzuk. Soliq yukini kamaytirish, dehqonchilikda bir nima bo‘lsin deydi. Juda katta yordamlar berildi kadastr bo‘yicha, boshqa bo‘yicha. Masalan, bizning tumanning o‘zida fermerlarga 2 milliard yordam berildi o‘tgan yili. Lekin natijasi qayoqda buning? Natijasi isrof bo‘lgan diztoplivo, isrof bo‘lgan o‘g‘itlarning qarzini yopdikda, ikki barmog‘imizni burnimizga tiqib qolavyerdik,- deydi qoraqalpog‘istonlik fermer Qubay Ortiqov.
XS
SM
MD
LG