Линклар

logo-print
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekistonda mustaqil jurnalistlarning tazyiq qilinayotgani xussida xavotir bildirdi.

YeXHTning Ommaviy axborot vositalari erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Dunya Miyatovich "mustaqil jurnalistlarga sud tizimi orqali bosim o‘tkazish davom eatyotganidan xavotirda” ekanini bayon qildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovga yo‘llagan maktubida Miyatovich jurnalistlar Abdumalik Boboyev va Vladimir Berezovskiylarga tuhmat qilganlik aybi qo‘yilayotganidan tashvish bildirgan.

YeXHT rasmiysi hozirda olti yildan 12 yarim yilgacha bo‘lgan qamoq jazolarini o‘tayotgan Dilmurod Said, Solijon Abdurahmonov va Xayrullo Hamidov kabi boshqa jurnalistlar taqdiri borasida ham tashvish bildirgan.
XS
SM
MD
LG