Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:27

Rahmon BMTda suv tashabbusi bilan chiqdi


Tojikiston Pezidenti Imomali Rahmon BMTda 2012 yilni “Suv diplomatiyasi yili” deb e‘lon qilish tashabbusi bilan chiqdi.

Payshanba kuni Nyu Yorkda boshlangan BMT Bosh Assambleyasining 65-sessiyasida so‘zlagan Imomali Rahmon BMT suv resurslariga oid rezolyutsiya qabul qilishi suv resurslari boshqaruvi bilan bog‘liq muammolarning diplomatiya yo‘li bilan hal etilishi, oldini olish va o‘zaro ishonchni shakllantirishi mumkinligini aytdi.

Markaziy Osiyodagi suv zahiralarining 60 foizi Tojikistonda joylashgan.

Suv boshqaruvi va uni taqsimlash masalasi ko‘p yillardan beri Dushanbe rasmiylari va qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi kelishmoqchilikka sabab bo‘lib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG