Линклар

1991 yilda muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishidan keyin qisqa muddat o‘zini Sovyet Ittifoqi prezidenti vazifasini bajaruvchi, deb e‘lon qilgan Gennadiy Yanayev 72 yoshida Moskvada vafot etdi.

Interfaks axborot agentligiga ko‘ra, Yanayev “jiddiy va “uzoq davom etgan xastalik”dan so‘ng olamdan o‘tgan.

Yanayev 1991 yil avgust oyida amalga oshirilgan davlat to‘ntarishidan keyin sobiq ittifoqda favqulodda holat e‘lon qilgan.

Televideniye orqali xalqqa murojaatida Yanayev Sovyet Ittifoqi rahbari Mixail Gorbachev “dam olayotgani” va “sog‘ligini tiklash uchun bir oz vaqt kerakligi”ni aytgan.

Aslida, Gorbachev o‘sha paytda Qrimda uy qamog‘ida saqlangan.

Davlat to‘ntarishi tashkilotchilari Gennadiy Yanayevni SSSR prezidenti vazifasini bajaruvchi, deb e‘lon qilguniga qadar u 1990 – 1991 yillarda Sovyet Ittifoqi vitse prezidenti bo‘lib ishlagan.

Ikki kundan so‘ng muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlat to‘ntarishidan keyin Yanayev qamoqqa olingan.

1994 yilda unga amnistiya e‘lon qilingan.
XS
SM
MD
LG