Линклар

Biometrik pasport tayyorlaydigan texnologiya O‘zbekistonga 2011 yilda keladi


Niderlandiyaning “IAI industrial systems B.V.” komapniyasi O‘zbekistonda biometrik pasportlarni joriy qilish loyihasida qo‘llanadigan texnologiyani yetkazib beradigan bo‘ldi.

Bu haqda “Uzdaily.uz” saytining xabar qilishicha, yangi texnologiya 2011 yilda O‘zbekistonga keltiriladi va Vazirlar mahkamasi qoshidagi Davlat personalizatsiya markaziga o‘rnashtiladi. Yangi texnologiya vositasida pasportlarni personalizatsiya qilish jarayoni to‘liq amalga oshirilishi ko‘zlanmoqda.

Ya‘ni, tayyor blankalar yangi sistemaga kiritiladi va u fuqaro qo‘liga berishga tayyor bo‘lgan biometrik pasportlarni hozirlaydi.

O‘zbekiston hukumati fuqarolarga biometrik pasport berish jarayoni ilk bosqichini 2010 yilning 1 yanvaridan boshlashini ma‘lum qilgan, ammo, o‘sha paytga kelganda prezidentning bu jarayon bir yilga kechikishi to‘g‘risidagi farmoni e‘lon qilingan edi.

Biometrik pasport, yoki e-pasport (e = elektron), oddiy hujjatlardan uning ichiga o'rnatilgan electron chip bilan farqlanadi. Bu chipda pasport egasiga tegishli bo'lgan shaxsiy ma'lumot elektron holda saqlanadi. Shuning uchun ham bunday pasportni sohta tayyorlash qiyin. Bugungi kunda bir qator davlatlar biometrik pasportlarni chiqarishni boshlashgan. Biometrik pasportning jildida ajratib turuvchi belgisi bo'ladi.
XS
SM
MD
LG