Линклар

Isroillik ko‘chmanchilar uy-joy qurilishini boshlash harakatida


Isroil G‘arbiy Sohildagi qurilishlarga joriy etilgan moratoriy muddati tugashi munosabati bilan bu yerda yahudiylar uchun uylar qurilishi boshlanishini ma‘lum qildi.

Biroq Efrat aholi punkti hokimi Obed Revivi banklar va quruvchi kompaniyalar qurilishlar yana to‘xtatilishi mumkinligidan xavotir qilib, sarmoya kiritishga cho‘chib turganini aytdi.

Xalqaro miqyosdagi chaqiriqlarga qaramay, G‘arbiy Sohildagi qurilishlarga joriy etilgan moratoriyni bekor qilgan Isroil hukumati ayni paytda Falastin rahbariyatini ikki tomanlama tinchlik muzokaralarini tark etmaslikka chaqirmoqda.

Biroq, Falastin prezidenti Mahmud Abbos moratoriy muddati uzaytirilmasa, sentabr oyi avvalida boshlangan muzokaralarni tark etishini qayta va qayta ta‘kidlab kelmoqda.
XS
SM
MD
LG