Линклар

Tojikiston maxsus xizmatlari amaliyoti chog‘ida Dushanbe hibsxonasidan qochgan 25 mahbusdan biri, 38 yoshli Rahmiddin Azizov o‘ldirildi.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi bergan ma‘lumotga ko‘ra, u 18 sentabrga o‘tar kechasi uni ta‘qib qilayotgan milliy xavfsizlik xizmati ikki xodimini jarohatlagan. Uni qo‘lga olishga urinish chog‘ida u qurolli qarshilik ko‘rsatgan va shuning uchun o‘ldirilgan.

Rahmiddin Azizov muqaddam Rasht tumani Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasida ishlagan sobiq harbiy edi va bir necha og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Shu tariqa Dushanbe hibsxonasidan qochgan 25 mahbusdan 17 nafari hanuz ozodlikda qolmoqda. 7 kishi esa hibsga olingan.
XS
SM
MD
LG