Линклар

Elektron dunyoning katta qismini egallashga ulgurgan va internet foydalanuvchilarining ko'pini asosiy onlayn qidiruv xizmatiga aylangan Google kompaniyasi bugun 12 yoshga to'ldi. Google o'zining tug'ilgan kunini millionlab internet foydalanuvchilariga bayram torti sovg'a qilish bilan nishonlashni maqul topdi.

Google o'zining qidiruv xizmatidagi logosini tarixiy sanalarga atab o'zgartirib turishiga ko'pchilik ko'nikib qolgan. Google o'zgartirilgan logosini dudl (doodle), deb ataydi.

Bugungi kunning dudli deb Los Anjeleslik 89 yoshli rassom Ueyn Zibod chizgan bayram torti tanlandi. Hohlagan internet qollanuvchi Googlening qidiruv sahifasiga kirib bu tortning "mazasini tortib" ko'rishi mumkin.

Google kompaniyasi Californiada joylashgan bo'lib 1998 yilning 27 sentabrida xusisiy korporaciya sifatida ro'yhatdan o'tgan. Bundan 12 yil o'tib Google dunyoning birinchi raqamli qidiruv xizmatiga aylandi.
XS
SM
MD
LG