Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:59

Moskva hokimi Lujkov ishdan olindi


Kreml rasmiylariga asoslanib Rossiyadagi axborot agentliklarining bildirishicha, Rossiya prezidenti Dmitriy Medvyedev Moskva hokimi Yuriy Lujkovni ishdan bo‘shatgan.

1992 yildan beri shu lavozimni egallab kelgan Lujkov so‘nggi paytlarda qattiq tanqidga uchrab kelayotgan edi.

ITAR-TASS axborot agentligiga ko‘ra, Lujkov Medvyedevning farmoniga ko‘ra, lavozimidan bo‘shatilgan chunki “u Rossiya Federatsiyasi prezidentining ishonchini yo‘qotgan”.

Rossiya konstitutsiyasi prezidentga bunday sabab bilan Moskva hokimi va viloyatlar rahbarlarini lavozimidan bo‘shatish salohiyatini beradi.

Kreml matbuot xizmatiga ko‘ra, prezident Medvyedev Vladimir Resinni Moskva hokimi etib tayinlagan.
XS
SM
MD
LG