Линклар

Qirg‘iziston va Rossiya AQSh bazasiga yonilg‘i yetkazib beradi


Qirg‘iziston NATOning Afg‘onistondagi amaliyotlari uchun muhim bo‘lgan AQSh havo bazasini yonilg‘i bilan ta‘minlashda Rossiya bilan hamkorlik qilishini bildirdi.

Shu paytgacha “Manas” bazasi yonilg‘ini hokimiyatdan chetlatilgan sobiq prezident Qurmonbek Bakiyevga aloqador deb Qirg‘iziston hukumati taxmin qilgan shirkatlardan olgan.

Qirg‘iziston prezidenti ma‘muriyati boshlig‘i o‘rinbosari Muxtor Jumaliyev qo‘shma korxona hozirgi “korrupsiyalashgan tizim”ga barham berishini aytdi.

Qirg‘iziston hukumatiga ko‘ra kelishuv qiymati yiliga 60 million AQSh dollrini tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG