Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 04:19

Mark Zukerberg komiks kitobining qahramoni


Facebook onlayn ijtimoiy taromog'ining asoschisi Mark Zukerberg.
Facebook onlayn ijtimoiy taromog'ining asoschisi Mark Zukerberg.
Internetdagi eng katta ijtimoiy tarmoq, 500 million faol foydalanuvchisi bo'lgan Facebookning asoschisi Mark Zukerberg [ingl] yaqinda o'zi va u yaratgan tarmoq haqida "Ijtimoiy tarmoq" nomli film suratga olinishini e'lon qilgan edi (filmni treylerini bu erda ko'rishingiz mumkin). Bugun chiqgan xabarlarga ko'ra, Mark Zukerberg dekabr oyida chop etiladigan komiks kitobining bosh qahramoni bo'ladi [ingl].

Komiks kitobni Bluewater Productions kompaniyasi chop etadi. Bu kompaniya oldin ham bir qator yulduzlar va taniqli insonlar haqida komiks kitoblar chiqargan edi. Mark Zukerbergga atalgan kitob 48 varaqdan iborat bo'lib, "Mark Zukerberg aslida kim?" deb nomlanadi va shu savolga o'z ichida javob beradi.

Facebook kompaniyasi 2004 yilning fevral oyida Garvard 20 yashar talabasi Mark Zukerberg tomonidan tashkil etilgan. Qisqa muddat ichida mahshur bo'lib ketgan Facebookning bugunga kelib 500 milliondan ortiq faol foydalanuvchilari bor. Facebook kompaniyasi biznes tarihida eng tez rivojlangan kompaniya nomiga loyiq, deyishadi ko'pchilik mutaxassislar.

Mark Zukerberg o'zi kim? 100 million dollarni maktablarga hayriya evazida bergan zamonaviy Hotamtoymi yoki bugungi Zukerberg bo'lishi uchun ko'p insonlarni "kidat" qilgan ayyor biznesmenmi? O'ylaymanki u haqida bo'lgan film va komiks kitobi bu savollarga javob olishga imkon beradi.
XS
SM
MD
LG