Линклар

Xorij jurnalistlari Malik Mansur himoyasiga chiqishdi


Abdumalik Boboyev o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan ayblovlar asossiz ekaniga shubha qilmaydi.

Abdumalik Boboyev o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan ayblovlar asossiz ekaniga shubha qilmaydi.

Shvetsiya, Gruziya, Armaniston, Moldava, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi mamlakatlarning bir guruh jurnalistlari hamkasblari Abdumalik Boboyevni qo‘llab O‘zbekiston hukumatiga ochiq xat yo‘lladi. Xorij jurnalistlari Abdumalik Boboyev Toshkent rejimining navbatdagi qurboniga aylanishidan xavotirlanmoqda.


Shvyesiya, Gruziya, Armaniston, Moldava, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi turli mamlakatlardan bo‘lgan va turli yillarda Shvyesiyadagi FOJO institutida tahsil olgan bir guruh jurnalistlar O‘zbekiston hukumatiga ochiq xat yo‘llab, o‘zbek hamkasblari Abdumalik Boboyevni ta‘qib qilishni to‘xtatishni so‘radi.

Maqolaning audiosini eshiting:


“Amerika ovozi” radiosining O‘zbekistondagi muxbiri Abdumalik Boboyev “Jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid qiluvchi materiallarni tayyorlash va tarqatish" va O‘zbekiston jinoyat kodeksining yana bir necha moddalar bo‘yicha ayblanmoqda. Jurnalistning o‘zi barcha ayblovlarni rad qilib, jinoyat ishi jurnalistik faoliyati bois qo‘zg‘atilganini aytmoqdatanqidiy maqolalari uchun ta‘qib qilinayotganini aytmoqda.

Ishi sudga oshirilgan jurnalist 2008 yilda FOJO institutining “Jurnalistlar va demokratiya” media dasturi bo‘yicha tahsil olgan.

O‘sha paytda Abdumalik Boboyev bilan birga o‘qigan o‘zbekistonlik mustaqil jurnalist Sergey Naumov hamkasbini qo‘llashni ma‘naviy burchi deb biladi.

- Biz Malik bilan bog‘liq vaziyat oydinlashgach, Shvyesiyadagi FOJO institutining bir guruh sobiq talabalari hamkasbimizni qo‘llab O‘zbekiston hukumatiga ochiq murojaatni imzolashga qaror qildik. Bu aksiyada Shvyesiya, Gruziya, Armaniston, Moldava, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi dunyoning turli mamlakatlarida yashab, ishlayotgan jurnalistlar ishtirok etmoqdalar. Ushbu murojaatimiz o‘sha mamlakatlardagi O‘zbekiston elchixonalariga topshiriladi. To‘g‘ri, O‘zbekiston hukumati bunga qandaydir e‘tibor qaratishi dargumon. Bu bizning ma‘naviy burchimiz. Biz hech bo‘lmasa jim o‘tirgandan ko‘ra, o‘zimiz yaxshi biladigan insonni qo‘llashimizni shu yo‘l orqali namoyish qilayapmiz. Bitta tomchi balki hech narsa qila olmas, lekin tomchilar ko‘paysa selga aylanishi mumkin, deydi Sergey Naumov.

Gruziyadagi “Georgian Times” gazetasi bosh muharrir o‘rinbosari Fridon Dochiya ham Abdumalik Boboyevni qo‘llash aksiyasi ishtirokchilaridan biri.

- Biz Malikka nisbatan jinoiy ish ochilganini keskin qoralaymiz. Chunki biz Malikni vijdonli inson sifatida bilamiz. U hech qachon o‘z xalqiga qarshi chiqmaydi. Biroq u erkin jurnalist sifatida o‘z fikrlarini erkin aytish huquqiga ega. Bu esa hukumat tizimidagilarga yoqmasligi tabiiy. Shuning uchun unga qarshi uyushtirilgan soxta jinoiy ish ochishdi. Men erkin bir mamlakatning fuqarosi sifatida, shuningdek, o‘z fikrlarini matbuotda erkin yoritayotgan bir jurnalist sifatida Malikni qo‘llab-quvvatlayman, deydi Fridon Dochiya.

Shvyesiyalik jurnalist Elin Jonson Abdumalik Boboyev Toshkent rejimining navbatdagi qurboniga aylanishidan xavotirda ekanini aytadi.

- O‘zbekiston ichkarisida rejim qolipidan chiqib faoliyat ko‘rsatayotgan juda kam sonli jurnalistlar qoldi. Malik shunday jurnalistlar biri. Malik bilan bog‘liq vaziyat Umida Axmedova va Vladimir Berezovskiylar bilan bog‘liq holatning davomiy ko‘rinishidir. Buni erkin fikrlashning taqiqlanishi, rejim qolipidan chiqmaslikka ogohlantirish sifatida qabul qilish mumkin. Men Malikning qaysi bir maqolasi hukumat g‘ashiga tekkanidan bexabarman. Lekin bir narsani bilamanki, O‘zbekistonda erkin jurnalist sifatida faoliyat ko‘rsatishning o‘ziyoq hukumat g‘ashiga tegishi aniq, deydi Elin Jonson.

Malik Mansur taxallusi bilan tanilgan jurnalist Abdumalik Boboyev Ozodlik bilan suhbatda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni asossiz, deya atadi.

Abdumalik Boboyevning aytishicha, unga nisbatan ochilgan jinoiy ishga uning “Amerika ovozi” radiosi orqali efirga berilgan o‘n beshdan ziyod maqolasi asos qilib olingan.

- Yanglishmasam, u yerda 15ga yaqin ëki undan ko‘proq maqolalarim bor. Ya‘ni radioda ketgan, radioning saytida berilgan maqolalar. Ko‘proq ijtimoiy vaziyat haqida, mustaqillik haqidagi maqolalarim bor. Yanglishmasam moliyaviy inqiroz haqidagi maqolalarim, ëshlar haqidagi maqolalarim, tashqi siësiy aloqalar haqidagi maqolalarim bor. O‘shalar bo‘yicha monitoring markazi mutaxassislarining xulosalari bor. Ya‘ni ular qayerdadir tuhmat sifatida ko‘rilgan, qayerdadir haqorat sifatida ko‘rilgan ëki ijtimoiy haqsizlik, deb ko‘rilgan. Albatta men bu ayblovlarning hammasini rad qilganman, deydi Abdumalik Boboyev

Malik Mansur “Amerika ovozi” radiosining o‘zbek xizmatida 2002 yildan buyon shtatsiz-jamoatchi muxbir bo‘lib ishlab kelayapti.

“Amerika ovozi” radiosi o‘zbek xizmati boshlig‘i Javdat Sayhon Ozodlik bilan suhbatda jurnalist Malik Mansur O‘zbekistondagi voqealarni xolisona yoritib kelgani, o‘z vazifasini professional darajada, qolavyersa, “Amerika ovozi” jurnalistik qoidalariga sodiq holda bajarib kelayotganini ta‘kidladi.

Toshkent shahar prokuraturasi Abdumalik Boboyev ishini sudga oshirgan va undan "mamlakatni tark etmaslik" to‘g‘risida tilxat olgan. Hozircha sud qachon boshlanishi noma‘lum.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti o‘zbek jurnalisti Abdumalik Boboyevga tuhmat qilganlik aybi qo‘yilayotganidan tashvish bildirdi.
XS
SM
MD
LG