Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:57

G‘arbga ehtimoliy terror xuruji oldi olindi


G‘arb maxsus xizmatlari Britaniya va Fransiyaga qarshi qaratilgan terror fitnasi fosh qilinganini aytmoqda.

Skynews televideniyesi bergan xabarga ko‘ra, Britaniya, Fransiya va Germaniya maxsus xizmatlari birgalikda G‘arbdagi yirik shaharlarga amalga oshirilishi rejalashtirilgan va ko‘lam jihatidan Mumbaydagi xurujlarga teng keladigan terrorchilik hujumini to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Maxsus xizmatlar bergan ma‘lumotga ko‘ra, hujumni uyushtirayotganlar qarorgohi Pokistonning qabilalar nazorati ostida bo‘lgan va "Al-Qoyda" jangchilari makon tutgan hududlarida joylashgan.

Shuningdek, seshanba kuni oqshom Eyfel minorasida bomba borligi haqida telefon budakasidan berilgan ogohlantiruv signalidan so‘ng minoradagi odamlar qisqa muddatga evakuatsiya ham qilindi.

Xuddi shunday hodisa Eyfel minorasida ikki hafta muqaddam ham sodir bo‘lgan edi.

Biroz avval esa Fransiya hukumati ehtimoliy terror hurujlaridan xavotir bildirib, mamlakatda xavfsizlik choralarini kuchaytirgan edi. Ayni tahdidni e‘tirof etgan Britaniya va Germaniya hukumatlari esa xavfsizlik choralarini o‘zgartirishsiz qoldirgan edi.
XS
SM
MD
LG