Линклар

Moskva merining o‘rinbosari ishdan bo‘shadi


Moskva sobiq meri Yuriy Lujkovning o‘rinbosari Aleksandr Ryabinin o‘z lavozimidan bo‘shatildi.

Shahar meri vazifasini vaqtincha bajarayotgan Vladimir Resin Ryabinin o‘z xohishi bilan ishdan ketganini ma‘lum qildi.

Shu yil mart oyida Ryabininga nisbatan o‘z mansab vakolatini suiste‘mol qilganlik, keyinchalik esa bu ayblov bekor qilinib, o‘rniga pora olganlik ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Rossiya prokuraturasi Tergov qo‘mitasi esa Ryabininga nisbatan surishtiruvlar sobiq mer Lujkovning iste‘fosi bilan bog‘liq, deya bildirilayotgan fikrlarni rad etib, tergov ishlari bu voqeadan ancha avval boshlangani haqida bayonot berdi.

Ayni paytda Lujkovning do‘sti, duma deputati Iosif Kobzon sobiq mer prezident qarori ustidan sudga arz qilish niyatida ekanini aytmoqda.
XS
SM
MD
LG