Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:28

Xonandaning sirli o‘limi, enaga va huquq faollari mojarosi


Sur‘at Ikromov o‘ziga nisbatan chiqarilgan hukm ortida IIV amaldorlari turganiga shubha qilmaydi.
Sur‘at Ikromov o‘ziga nisbatan chiqarilgan hukm ortida IIV amaldorlari turganiga shubha qilmaydi.

O‘zbekistonlik huquq faoli Sur‘at Ikromovni tuhmat va haqorat qilganlikda aybdor deb topildi. 28 sentabr kungi sud qaroriga ko‘ra, huquq faoli 100 ming so‘m miqdorida jarima to‘lash va matbuot orqali raddiya berish majburiyati yuklatildi. 29 sentabr kuni “Ezgulik” jamiyati ustidan ham mahkama boshlandi.

O‘zbekistonlik huquq faoli Sur‘at Ikromovni tuhmat va haqorat qilganlikda aybdor deb topildi. 28 sentabr kungi sud qaroriga ko‘ra, huquq faoli 100 ming so‘m miqdorida jarima to‘lash va matbuot orqali raddiya berish majburiyati yuklatildi. 29 sentabr kuni “Ezgulik” jamiyati ustidan ham mahkama boshlandi.

Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo fuqaroviy sudida sudya Bahrom Fayziyev raisligida qariyib ikki oy davom etgan mahkama qaroriga ko‘ra, Sur‘at Ikromov o‘z yetakchiligidagi O‘zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhi nomidan 2008 yilning 26 fevralida e‘lon qilgan maqolasida shaxsni haqorat qilganlikda aybdor, deb topildi.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnura Qodirjonovaning sirli o‘limi haqida gap boradi. Oradan ikki yarim yil o‘tib, marhum Dilnura Qodirjonova uyida enaga bo‘lib ishlagan Rena Matmurodova va uning eri Otanazar Xudoyberganov Sur‘at Ikromov ustidan sudga da‘vo arizasi kiritgan edilar.

Matmurodova arizasini qisman o‘rinli, deb topgan sud qaroriga norozilik bildirar ekan Sur‘at Ikromov appelyatsiya tartibida shikoyat arizasi kiritish niyatida ekanini aytadi.

- Sudning qarori bo‘yicha, o‘sha ëzilgan material bo‘yicha internet orqali boshqatdan ëzib oprovyerjeniye bildirish to‘g‘risida gapirilgan. Menga qo‘yilgan da‘vo arizadagi 10 million emas 100 ming so‘mni to‘lash nima qilgan. Ya‘ni da‘vogarning foydasiga ma‘naviy zarar sifatida. Sabablari, motivlari hech narsa gapirilmadi. Bir haftadan keyin tayër bo‘larkan. Qarorni olib keyin apellyatsiyaga beramiz. Bularning ëzgan nimalaridan mutlaqo rozi emasman. Bu noto‘g‘ri. Umuman asossiz chiqarilgan qaror, deydi huquq faoli.

Sur‘at Ikromov “Fuqarolik kodeksi”ning 100-moddasi ya‘ni “Sha‘n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish”da ayblanib mahkamaga tortilgan edi.

Marhum san‘atkor Dilnura Qodirjonovaning sirli o‘limi haqida xabar tarqatgan “Ezgulik” jamiyati ham bir necha oy avval ayni modda bo‘yicha mahkamaga tortilib aybdor, deb topilgan edi.

“Ezgulik” jamiyati ham matbuot orqali raddiya berish va 200 ming so‘m jarima to‘lashga hukm qilingan edi.

29 sentabr kuni Toshkent shahri Shayhontahur tuman fuqaroviy ishlar bo‘yicha sudida “Ezgulik” jamiyati ustidan ayni da‘vo bo‘yicha yangi mahkama boshlandi, deydi “Ezgulik” jamiyati rahbari Vasila Inoyatova.

- Bizning tashkilot 2008 yilda tarqatgan dokladida tilga olingan Dilnura Qodirjonova bo‘yicha materialimiz uchun bizga 200 ming jarima belgilandi. Bundan tashqari biz o‘sha dokladimizda “Militseyskiy bespredel”, degan sarlavha ostida O‘zbekistondagi militsiya xodimlarining qilaëtgan zo‘ravonliklari, ularning noqonuniy darajada qilaëtgan harakatlarini ërituvchi konkret faktlar keltirgan edik. Aynan mana shu bo‘limga sud ajrimida ko‘rsatilganki, mana shu materiallarimiz tasdiqlanmadi deydigan sarlavha bilan biz raddiya berishimiz kerakmish. Endi bu ham kamlik qilganidek o‘tgan yili dokladimizga iddao qilishgan bo‘lsa, bu yil 2009 yilda chiqqan relizimizga xuddi o‘sha ayblov, xuddi o‘sha ariza bilan yana "Ezgulik" ustidan Shayxontohur tuman fuqarolar sudiga yana murojaat qilishgan. Bu ikkinchi da‘vo arizasi. Mana bugun o‘sha mahkama ko‘riladi, deydi Vasila Inoyatova.

“Ezgulik” jamiyatining 2008 yil 3 noyabrdagi xabarida aytilishicha, 2007 yilda sirli ravishda o‘lgan Dilnura Qodirjonova O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Bahodir Matlyubovning ukasi – o‘sha paytda Yakkasaroy tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan Jamshid Matlyubovning ikkinchi xotini bo‘lgan.

O‘zbekiston matbuoti marhum san‘atkor Qodirjonova o‘limi xususida "san‘atkorning yuragi bexosdan to‘xtab qolgan", degan xabarlarni tarqatgan edi.

Keyinchalik Dilnura Qodirjonova o‘zini osib o‘ldirgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.

Marhum san‘atkorning onasi Oktabrxon Yusupova esa qizining o‘z joniga qasd qilmagani, uni o‘ldirishganiga shubha qilmaydi.

Oktabrxon Yusupova bu haqda mahalliy huquq faollariga murojaat qilib, haqiqat qaror topishiga va qizining haqiqiy qotillari jazolanishiga ko‘maklashishni so‘raydi.

Dilnura Qodirjonovaning sirli o‘limi haqida xabar tarqatgan huquq faollari esa, bugunga kelib aybdorga aylanayapti.

Sur‘at Ikromov o‘ziga nisbatan chiqarilgan sud hukmini mutlaqo asossiz, deb hisoblar ekan, sud qarori ortida ichki ishlar vazirligining amaldorlari turganiga ishonchi komil ekanini aytadi.

- Endi bu ishning orqasida turgan Toshkent shahar, Yakksaroy tumani Ichki ishlar boshqarmasining boshlig‘i Jamshid Matlyubov. Uning qudasimi, qarindoshlarimi bor ekan prokuratura, nimalarda. Bosim o‘tkazgan sudga, sudyaga. Menimcha, bunga uning akasi ichki ishlar vaziri Bahodir Matlyubovning aloqasi ham bo‘lishi kerak. Shunaqa korrupsion odamlar o‘sha rahbariyatda o‘tirganlar, shunaqa bosim o‘tkazishayapti sudlarga. Ayniqsa mening faoliyatimni to‘xtatish ëki xalaqit berish kabi maqsad qo‘yilgan. Undan tashqari Qodirjonova Dilnuraning o‘ldirilganini bosdi-bosdi qilib to‘xtatish masalasi, deydi Sur‘at Ikromov.

Vasila Inoyatova ham huquq faollarining ketma-ket sudga tortilishi ortida IIVning amaldorlari turganiga shubha qilmaydi.

- Men o‘ylayman yana o‘sha Matlyubovlarning aralashuvi, Matlyubovlarning bosimi ostida ariza qabul qilindi. Bu harakatlarning orqasida bizning jamiyatimizga umuman O‘zbekistonda qolgan bir-ikki huquq himoyachilarining harakatlarini butunlay sindirish, butunlay huquq himoyachilik harakatlarini to‘xtatish, umuman ichki ishlar xodimlari tomonidan qilinaëtgan zo‘ravonliklar, noqonuniy harakatlarni umuman ochtirmaslik, oshkora qildirmaslik, haqsizlikni yana davom ettirish. Mana shunga qaratilgan deb bilaman. Yana qaytaramanki mening shubham yo‘q bu yerda na Metmurodova, o‘sha da‘vogarlar Xudoyberganovning hech qanaqa aloqasi yo‘q. Biz ularni ko‘rmaganmiz ham. Bu yerda o‘sha Matlyubovlarning qilaëtgan bosimi, Matlyubovlarning mana shunaqa jinoyatkorona hatti-harakati. Undan boshqa narsa emas. Mana men ertaga Varshavaga uchib ketayapman Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining yillik sammitiga. Men Matlyubovlar qilaëtgan zo‘ravonliklar haqida u yerda albatta gapiraman, deydi Vasila Inoyatova.
XS
SM
MD
LG