Линклар

O‘shlik o‘zbeklar militsiya rahbarini o‘ldirganlikda ayblanmoqda


O‘sh voqealariga aloqadorlikda ayblanib hibsga olinganlarning aksariyati o‘zbeklardir.

O‘sh voqealariga aloqadorlikda ayblanib hibsga olinganlarning aksariyati o‘zbeklardir.

29 sentabr kuni O‘shda Qorasuv tumani vilitsiya boshqarmasi boshlig‘i Adilbek Sultonov va uning haydovchisi Uran Shamurzayevning o‘limi yuzasidan sud jarayoni boshlandi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, mahkamada Qorasuv tumani Narimon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi o‘ndan ortiq odam ayblanmoqda.


Qorasuv tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Odil Sultonov va uning haydovchisi Uran Shomurzayevning shu yil 13 iyun Qorasuv tumani Narimon qishlog‘ida noma‘lum shaxslar tomonidan o‘ldirilgan edi. Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Odil Sultonov yondirib yuborilgan, uning haydovchisi Uran Shomurzayevning kallasi tanasidan judo qilingan edi.

O‘sh viloyatining Qorasuv tuman sudi O‘sh shahrida joylashgan xarbiy qisimlardan birida mazkur ish yuzasidan mahkama jarayonini boshladi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, mahkamada Qorasuv tumani Narimon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi o‘ndan oshiq odam aybdor sifatida ishtirok etmoqda.

O‘sh voqealari yuzasidan mustaqil tekshiruv olib borgan bishkeklik huquq himoyachisi Aziza Abdurasulova sudning qora kusrisida militsiya rahbari va uning haydovchisi o‘limida aybdor bo‘lgan odamlar o‘tirganiga shubha bilan qaraydi:

- 21 iyun kuni narimon qishlog‘ida “zachistka” o‘tkazildi. Bu tozalash ishlari juda qo‘pol qonunbuzarliklar bilan o‘tdi. O‘shanda ko‘plab odamlar qamoqqa olindi. Kamida 40-50 odam aybi bor yoki yo‘qligiga qaramay qamoqqa olingan va ularga nisbatan tergov o‘tkazilgan. Ayni paytda O‘sh voqealari yuzasidan o‘tkazilayotgan sud jarayonlarining ko‘pchiligi noholis o‘tkazilayotganini ham tan olishimiz kerak. Aybi isbotlanmagan odamlar ham qamoqqa hukm qilinmoqda. Shu nuqtai nazardan Narimondagi voqea yuzasidan ham sud jarayoni adolatli o‘tishiga ishonch kamroq. Chunki deyarli barcha sud jarayonlarida advokatlarga nisbatan bosim o‘tkazilayapti, sudlanuvchilarning e‘tirozlari va o‘z himoyasiga keltirayotgandalilari inobatga olinmayapti,-dedi Aziza Abdurasulova.

Ayni paytda narimonliklar Qorasuv militsiyasi rahbari o‘limida ayiblanib yuzga yaqin odamlar qo‘lga olinganini aytishmoqda. Ularga ko‘ra, ko‘plab narimonliklarning bu jinoyatga aloqadorligi tergovda isbotlanmaganiga qaramay, ular O‘sh viloyatining bir qancha tumanlaridagi qamoqxonalarda saqlab kelinmoqda.

- Ular o‘sh turmalarida emas, Aravon, Novqat, Qorasuv turmalariga olib borib yashirib qo‘yishgan, - dedi ismi oshkor qilinishini istamagan narimonlik ishonchli manba.

Uning aytishicha, Qorasuv tuman militsiyasi boshlig‘i va uning haydovchisi o‘limida ayblanib qo‘lga olinganlar tergov davomida qiynoqlarga solingan.

- O‘shalarni oarsida bitta odam noxaq sudlanyapti. Ismi Boxodirjon Jo‘rayev familiyasi. Uni bo‘yniga kiynorlar bilan ayib kuyishgan. Lekin u o‘z aybini tan olmagan, protokollarga xam qo‘l qo‘ymagan. Uni 21 kun qiynoqqa solishgan.

O‘z ovozini yozib olishimizni va ismini oshkor qilishimizni istamagan narimonlik yana bir ishonchli manbaaning ma‘lum qilishicha, Qorasuv tuman militsiya rahbari o‘limi yuzasidan ayiblanib qo‘lga olinganlarning 40 dan ortiqrog‘i xalqaro tashkilotlari va huquq himoyachilarning aralashuvi bilan qamoqdan ozod qilingan. O‘sh viloyati qamoqxonalarida esa turli ayblovlar qo‘yilgan yana 60dan ortiq narimonlik saqlanmoqda.

Ammo Qirg‘iziston huquq-tartibot tuzilmalari narimonliklarga qo‘yilgan ayblovlar o‘z isbotini topgani haqida ma‘lumot bermoqdalar. Ammo narimon qishlog‘ida o‘ldirilgan Qorasuv tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Odil Sultonov va uning haydovchisi Uran Shomurzayevning qarindoshlari huquq-tartibot tuzilmalarining bunday bayonotiga rozi emaslar. Ular tergov ishlari chala o‘tkazilgani va yakuniga yetkazilmaganini iddao qilmoqdalar.
XS
SM
MD
LG