Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:02

O‘zbek sarhadchilari bir qirg‘izni yaraladi


Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida 28 sentabr kuni sodir bo‘lgan otishmada Qirg‘iziston fuqarosi yaralandi.

Qirg‘izistondagi Botken viloyatining Mudofaa va xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Toshtemir Eshaliyev Ozodlikka bu voqea Qadamjoy tumanidagi Qaytpas qishlog‘i yaqinida yuz berganini aytdi.

Unga ko‘ra, o‘zbek sarhadchilari yo‘qolgan sigirini izlab chegarani yanglish kesib o‘tgan Almaz Joroyevga qarata o‘t ochgan.

Joroyev kasalxonaga yotqizilgan va jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Hozirda uning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda. Almaz Joroyevning iddaosiga ko‘ra, o‘zbek chegarachilari o‘t ochishdan oldin uni ogohlantirmagan.

Eshaliyev voqea yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini aytdi.
XS
SM
MD
LG