Линклар

Dushanbe rasmiysi Rasht voqealarida xorij davlatlarini aybladi


Ayni kunlarda Tojikiston qurolli kuchlarining asosiy qismi Rashtdagi amaliëtlarga jalb etilgan.

Ayni kunlarda Tojikiston qurolli kuchlarining asosiy qismi Rashtdagi amaliëtlarga jalb etilgan.

30 senyabr kuni Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibi Amirqul Azimov¸ o‘z hukumati ixtiyorida Tojikiston sharqidagi vaziyatni beqarorlashtirishdan manfaatdor davlatlarga oid ma‘lumot mavjudligini bildirdi. Bunday shamani ochiqlashtirishga urinayotgan tahlilchilarga ko‘ra¸ Dushanbe rasmiysi Rossiya va O‘zbekistonni nazarda tutmoqda.

30 sentabr kuni Tojikistondagi kuch ishlatar salohiyatiga ega tizim rahbarlarining bari hukumat kuchlarining “noqonuniy qurolli guruhlar”ga qarshi amaliyotlarini muvofiqlashtirish maqsadida mamlakat sharqi – Rasht rayoniga jo‘nab ketishdi.

19 sentabr kuni Rasht rayonining Kamarob dovonida hukumat kuchlariga qurolli hujum uyushtirilgandan beri¸ Tojikiston kuchishlatar tizimlari bu hududda janggarilarni yo‘q qilishga qaratilgan harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda.

Bu voqealar ortida turgan kuchlar haqida tinimsiz bayonot berayotgan Dushanbe mulozimlari¸ hozirga qadar qurolli muxolifatdan tortib to O‘zbekiston islomiy harakati va Al-Qoida janggarilariga qadar ayblab chiqdilar.

30 sentabrga kelib Xavfsizlik kengashi kotibi "bu voqealar ortida Tojikistondagi vaziyatni izdan chiqarishdan manfaatdor davlatlar turibdi"¸ deya bayonot berdi.

Garchi RIA Novosti muxbiri bilan suhbatda Amirqul Azimov¸ Tojikiston xavfsizlik kuchlari ixtiyorida aynan qaysi davlatlarga oid axborot borligini ochiqlamagan bo‘lsa-da¸ kuzatuvchilarga ko‘ra¸ hukumat nazoratidagi tojik matbuotidan bu shubhaning aynan qaysi davlatga tushayotganini anglash qiyin emas.

Keyingi kunlarda Tojikiston ommaviy axborot vositalarida Rossiya va O‘zbekiston sha‘niga bildirilayotgan e‘tiroz va da‘volar kuchayib ketganidan¸ Azimov iddaosining ham aynan shu ikki davlatga taalluqli ekanini tushunish mumkin¸ deydi tojikistonlik taniqli jurnalist va muxolifat faoli Dodojon Atovulloyev.

Dodojon Atovulloyev
- Bu esa¸ borib turgan axmoqlikdir. Zotan¸ Rashtdagi qonli voqealar uchun birgina aybdor bor – u ham bo‘lsa Tojikistonning iqtidordagi hukumati. Bu yerdagi fitnadan bosh maqsad¸ 1997 yili hukumatga ishonib¸ u bilan tinchlik kelishuvi imzolagan sobiq muxolifatning qolgan sanoqli faollarini qirib bitirish va bu vahshiy¸ shavqatsiz harbiy kampaniya uchun javobgarlikni o‘z zimmasidan soqit qilishdir. Bu yerda¸ men mutlaq tashqi kuchlar¸ boshqa davlatlar izini ko‘rmayapman¸ deydi jurnalist va muxolifat faoli Dodojon Atovulloyev.

Moskvadagi MDH institutining Markaziy Osiyo bo‘yicha tahlilchisi Andrey Grozin ham¸ na Rossiya va na O‘zbekistonga Tojikistondagi vaziyatni beqarorlashtirishning keragi yo‘q¸ degan fikrda.

“Postsovyet hududlari¸ xususan Markaziy Osiyoda nimaiki xatolik bo‘lsa¸ unda FSB¸ SRU yoki xitoylik o‘rtoqlarimiz qo‘lini izlashdek fitna nazariyasi nihoyatda keng tarqalgan va Dushanbening shubhani yana Rossiya yoki O‘zbekiston tomon yo‘naltirishi ayni nazariyaning davomidir”¸ deydi Grozin.

- Hamma baloni qandaydir tashqi kuchlarga yuklash¸ nazarimda¸ samarasiz urinish. Hukumatning eng quyisidan eng yuqorisiga qadar o‘tirgan amaldorlar o‘z noqobilligi¸ o‘z poraxo‘rligi va sotqinligini yashirish uchun aybni osongina uchinchi kuchlar¸ tashqi qo‘llarga to‘nkashadi.

Dushanbedagi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi hibsxonasidan 20 dan oshiq mahbus qochganida ham¸ “ular xorij maxfiy xizmatlari yordamisiz bu qamoqxonadan qochib keta olmas edi”¸ deya Rossiya FSBsini ayblashgan edi. Ammo Tojikistondagi kattayu kichin hibsxona qorovuliga 200 dollar berilsa¸ uning bor-yo‘g‘i bilan sotilishi¸ nafaqat qamoq eshiklarini ochib berishi¸ balki yoniga qurol ham qo‘shib berishini juda yaxshi biladi. Bunday holatlar uchun avtoritar¸ aksildemokratik siyosiy tuzumlarning o‘zi¸ ularning noqis tabiati aybdordir¸ deydi Grozin.

Tojikistonda Rossiya va O‘zbekistonni davlat dushmani qilib ko‘rsatish¸ juda avj olayotgan bir kampaniya va Dushanbe rasmiylari mamlakatdagi qashshoqlik uchun ham¸ energiya sohasidagi krizis uchun ham¸ turli siyosiy guruhlar o‘rtasidagi nizolar uchun ham yo Moskva yoki Toshkentni ayblaydi. Ammo bu jarayonning xavotirlik tomoni boshqa joyda¸ deydi tojikistonlik jurnalist Dodojon Atovulloyev.

- Tojik ziyolilarining hukumat tomonidan jamiyatga singdirilayotgan aksil-o‘zbek kayfiyatiga berilayotganini ko‘rish menga juda og‘ir botadi. O‘shda yuz bergan qirg‘in barchamiz uchun saboq bo‘lishi lozim.

Lev Tolstoyda “millatchilik razillarning so‘nggi manzili”degan gap bor. “Biz oriymiz¸ biz qadimmiz¸ biz chiroylimiz” degan axmoqona maqtanchoqlikni yig‘ishtirib¸ tojikistonliklarga odamdek yashash uchun imkon berish kerak. Bugun qolgan dunyo bizni Ravshan va Jumshud degan aqli noqis¸ tentaklar millati deb biladi. Katta davlatlar hovlisiga hadeb tosh otavyerish o‘rniga bugun Dushanbeni shu narsalar tashvishlantirishi lozim¸ deydi Dodojon Atovulloyev.
XS
SM
MD
LG