Линклар

logo-print
O‘zbekistonlik jurnalist Abdumalik Boboyev ustidan mahkama dushanba kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tuman sudida boshlanadi. Bu haqda O‘zbekistondagi Inson huquqari tashabbus guruhi ma‘lum qildi.

"Amerika ovozi" radiosining shtatsiz muxbiri Boboyevga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligidagi "Tuhmat va haqorat qilish", "Chegarani noqonuniy kesib o‘tish", "Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash va tarqatish" bandlari bo‘yicha ayblov qo‘yilmoqda.

Toshkent prokuraturasi jurnalistga nisbatan "mamlakatdan chiqib ketmaslik" chorasini qo‘llagan. Abdumalik Boboyevga nisbatan O‘zbekistonda jinoyat ishi ochilganidan tashvishga tushgan qator xalqaro tashkilotlar Toshkent hukumati rahbariyatiga ochiq xat yo‘llab, jurnalistga qo‘yilayotgan ayblovlar uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq deya, ularni olib tashlanishini so‘rashgan.

Inson huquqari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov jinoyat ishi jurnalistni qo‘rqitish, unga bosim o‘tkazish maqsadida tepadan buyruq asosida ochilgan deb hisoblaydi.
XS
SM
MD
LG