Линклар

logo-print
Ukraina konstitutsiyaviy sudi 2004 yilda qabul qilingan prezident vakolatlarini cheklovchi qonunni nokonstitutsiyaviy deya qaror qildi.

Konstitutsiyaviy sud raisi Anatoliy Golovin juma kuni parlamentda qilgan chiqishida mazkur qonun kuchini yo‘qotganini e‘lon qildi.

- Konstitutsiyaviy sud 2004 yil 8 dekabrda qabul qilingan "Ukraina Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni mamlakat bosh qomusida belgilangan me‘yorlarga zid hisoblaydi,- dedi Ukraina Konstitutsiyaviy sudi raisi Anatoliy Golovin.

2004 yil Leonid Kuchma prezidentligi davrida qabul qilingan qonun prezident vakolatlarini cheklab, parlamentga ko‘proq vakolat berish, hukumatni parlament fraksiyalari tarafidan tuzish va Oliy Rada vakolatlarini 4 yildan 5 yilga uzaytirishni nazarda tutgan.

Ukraina muxolifati shu yilning boshida Ukraina prezidentligiga saylangan rossiyaparast Viktor Yanukovichni mamlakatni avtoritarizm sari yetaklayotganlikda tanqid qilib kelishadi.
XS
SM
MD
LG