Линклар

Pokiston janubida Afg‘onistondagi NATO kuchlari uchun yoqilg‘i va ist‘mol mollari olib kelayotgan yuk mashinalar va 25ta yuk mashinasi noma‘lum guruhlar tarafidan o‘qqa tutilgani xabar qilinmoqda. Haydovchilarning yonayotgan yuk mashinalarini tashlab qochishdan boshqa chorasi qolmagan.

Mahalliy politsiyaning bildirishicha, hujum payshanba kechqurun Sind viloyatining Shakarpur shahri yaqinida ro‘y bergan. Qurbonlar haqida ma‘lumot yo‘q.

Kecha uch harbiysi NATO kuchlarining yanglish havo zarbalari oqibatida halok bo‘lishi ortidan Pokiston hukumati o‘z hududi orqali Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya kuchlarining asosiy ta‘minot yo‘lini yopib qo‘ydi.

Hususan, Peshavor shahri yaqinidagi Xaybar mintaqasining To‘rham chegara tekshiruv punktida Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya kuchlariga mo‘ljallangan yuklar va yonilg‘i olib ketayotgan mashinalarning chegaradan o‘tishi to‘xtatildi.

NATO rasmiylariga ko‘ra, Pokiston chegarani yopgani koalitsiya kuchlari ta‘minotini kamaytirmagan. AQSh Davlat departamentining matbuot vakili Filip Krouli Pokiston hukumati bilan muzokaralar olib borilayotganini aytdi.

- Xalqaro koalitsiya kuchlari bugun ertalab sodir bo‘lgan voqeani o‘rganish uchun Pokiston hukumati bilan birga ish olib boryapti. Biz Afg‘onistondagi kuchlarimizga ko‘p yo‘llar orqali ta‘minot yetkazib beryapmiz. Biz bitta darvoza yopilganidan xabardormiz va bu masalani Pokiston hukumati bilan muhokama qilyapmiz,- dedi AQSh Davlat departamenti rasmiysi.
XS
SM
MD
LG