Линклар

Pokiston sobiq prezidenti Parvyez Musharraf o‘zi yetakchiligidagi yangi siyosiy partiya faoliyat boshlashini e‘lon qilishi kutilmoqda.

Hozir London shahrida yashayotgan Parvyez Musharraf bir oz oldin “Butun Pokiston musulmonlar ligasi”, deb nomlangan yangi partiya 1 oktabrdan faoliyat boshlashini ma‘lum qilgan edi.

Musharraf 2013 yilga belgilangan saylovda ishtirok etish uchun Pokistonga harbiy bo‘lmagan siyosatchi sifatida qaytishni rejalayotganini aytdi.

Shu haftada Londonda e‘lon qilingan sharhida Musharraf Pokistonning saylangan hukumatiga qarshi davlat to‘ntarishi amalga oshirilishi ehtimolidan ogohlantirdi.

Eslatish joizki, 1999 yilgi qonsiz davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatni egallagan Parvyez Musharraf mamlakatdagi noroziliklar va o‘zigi ishonchsizlik ovozi berilishi mumkinligi bois 2008 yilda iste‘foga chiqqan.
XS
SM
MD
LG