Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:22

G‘arbning yirik neft shirkatlari Eron bilan hamkorlikni to‘xtatadi


AQSh Yevropadagi yirik neft shirkatlari Eron bilan biznes qilmaslikka rozi bo‘lganini aytdi.

Bu shirkatlar orasida Fransiyaning Total, Norvyegiyaning Statoil, Italiyaning ENI va Royal Dutch Shell shirkatlar ham bor.

30 sentabr kuni Vashingtonda so‘zlagan AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Jeyms Staynberg boshqa yirik shirkatlar faoliyati AQSh tomonidan o‘rganilayotgani va agar ular Eron bilan biznesni to‘xtatmasa, oqibati yomon bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Staynberg tekshirilayotgan shirkatlar nomini aytmadi.

- Yadro quroliga ega bo‘lgan Eron bizning manfaatlarimiz uchun muhim hisoblangan mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga, shuningdek, global iqtisodiyotga jiddiy tahdiddir. Shu bois, bizningcha, xalqaro hamjamiyat Eronga nisbatan yondoshuvda odatdagi biznesdan voz kechmog‘i lozim. Biroq ayrim xalqaro neft shirkatlari Eronning energetika sohasidagi faoliyatini to‘xtatgani yo‘q. Shu bois Davlat departamenti bu kompaniyalarga nisbatan tekshiruv boshlamoqda, dedi AQSh mulozimi.

AQShning yirik neft shirkatlariga sanksiyalar bilan tahdid qilishidan maqsad Tehronni o‘z yadroviy dasturidan voz kechishga majbur qilish uchun Eronga bosimni kuchaytirishdan iborat.
XS
SM
MD
LG