Линклар

Afg‘oniston: NATO hujumida tinch aholidan to‘rt kishi nobud bo‘ldi


Afg‘onistondagi Xalqaro koalitsiya kuchlari NATO harbiylari havodan uyushtirgan hujum oqibatida poytaxt Kobuldan janubi-g‘arbda joylashgan G‘azni viloyatida tinch aholidan to‘rt kishi nobud bo‘lganini bildirdi.

Koalitsiya kuchlari e‘lon qilgan bayonotda bildirilishicha, chorshanba kuni Andar tumanida Afg‘oniston va xorij kuchlariga isyonchilar hujum qilgan paytda ular havodan hujum qilishni so‘ragan.

Ammo o‘sha yerda bexosdan paydo bo‘lgan bir guruh qurolsiz aholi vakillari yanglish nishonga olingan.

Ayni paytda 30 sentabr kuni NATO harbiylari Afg‘oniston janubida besh nafar xorijlik askar halok bo‘lganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG