Линклар

logo-print

Islomobod NATO ta‘minot yo‘lini yopdi

Xalqaro kuchlar vyertolyotlari hujumi oqibatida yana pokistonlik harbiylar o‘ldi.

Pokiston hukumati Afg‘onistonda urush olib borayotgan NATO kuchlarining asosiy ta‘minot yo‘lini yopib qo‘ydi. Ta‘minot yo‘li yopilishiga xalqaro kuchlar vyetrolyotlarining havodan uyushtirgan hujumi oqibatida pokistonlik uch askar nobud bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Xalqaro koalitsiya kuchlari e‘lon qilgan bayonotda bildirilishicha, 30 sentabr kuni Kurram mintaqasida NATOning ikki vyertolyoti koalitsiya kuchlari bazasiga Afg‘onistondagi pozitsiyadan o‘t ochgan janggarilarni nishonga olgan.

Pokiston hududidagi pozitsiyalardan o‘ziga qarata o‘q uzilganidan keyin vyertolyotlar Pokiston hududiga uchib o‘tgan va javob o‘tini ochgan. Bayonotda uchuvchilar “o‘zini mudofaa qilgani” va “bir necha qurolli shaxsni yo‘q qilgani” bildirilgan.

Voqeadan bir necha soat o‘tib Peshavor shahri yaqinidagi qabilalar yashaydigan Xaybar mintaqasining To‘rham chegara tekshiruv punktida Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya kuchlariga mo‘ljallangan yuklar va yonilg‘i olib ketayotgan mashinalarning chegaradan o‘tishi to‘xtatilgan.

Ozodlik radiosi qoshidagi Mash‘al radiosi bu ma‘lumotni tasdiqladi.

AQSh Davlat departamentining matbuot vakili Filip Krouley 30 sentabr kuni sodir bo‘lgan voqeaning ahamiyatini kichraytirib ko‘rsatishga urindi.

- Xalqaro koalitsiya kuchlari bugun ertalab sodir bo‘lgan voqeani o‘rganish uchun Pokiston hukumati bilan birga ish olib boryapti. Biz Afg‘onistondagi kuchlarimizga ko‘p yo‘llar orqali ta‘minot yetkazib beryapmiz. Biz bitta darvoza yopilganidan xabardormiz va bu masalani Pokiston hukumati bilan muhokama qilyapmiz, - dedi AQSh Davlat departamenti rasmiysi.

Islomobod rasmiylarining sabr-kosasi to‘lganini aks ettirgan bayonotda Pokiston harbiylari “bu bir hafta ichida sodir bo‘lgan uchinchi voqea ekani” bildirilgan.

Pentagon matbuot vakili polkovnik Devid Lepenga ko‘ra, Pokiston e‘lon qilgan bayonotda pokistonlik askarlar “quroldan o‘t ochib vyertolyotlarni ogohlantirgani” bildirilgan.

Lepen: "Agar siz urush borayotgan mintaqada vyertolyotlarga qarata o‘t ochsangiz, odatda ular buni dushman deb qabul qiladi va javob o‘ti ochadi", dedi.

Pentagon matbuot vakili To‘rxam chegara punktining yopib qo‘yilgani Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya kuchlari ta‘minotiga “darhol ta‘sir etmasligi”ni ammo mazkur chegara punkti ochilmasa, ta‘minotga ta‘sir etishi mumkinligini aytdi.

Eslatish joizki, Afg‘onistondagi NATO yetakchiligidagi xalqaro kuchlariga zarur bo‘lgan noharbiy yuklarning asosiy qismi Pokiston hududi orqali yetkaziladi.Xalqaro kuchlar vyertolyotlari hujumi oqibatida yana pokistonlik harbiylar o‘ldi.
01.10.2010
Pokiston hukumati Afg‘onistonda urush olib borayotgan NATO kuchlarining asosiy ta‘minot yo‘lini yopib qo‘ydi. Ta‘minot yo‘li yopilishiga xalqaro kuchlar vyetrolyotlarining havodan uyushtirgan hujumi oqibatida pokistonlik uch askar nobud bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Xalqaro koalitsiya kuchlari e‘lon qilgan bayonotda bildirilishicha, 30 sentabr kuni Kurram mintaqasida NATOning ikki vyertolyoti koalitsiya kuchlari bazasiga Afg‘onistondagi pozitsiyadan o‘t ochgan janggarilarni nishonga olgan.

Pokiston hududidagi pozitsiyalardan o‘ziga qarata o‘q uzilganidan keyin vyertolyotlar Pokiston hududiga uchib o‘tgan va javob o‘tini ochgan. Bayonotda uchuvchilar “o‘zini mudofaa qilgani” va “bir necha qurolli shaxsni yo‘q qilgani” bildirilgan.

Voqeadan bir necha soat o‘tib Peshavor shahri yaqinidagi qabilalar yashaydigan Xaybar mintaqasining To‘rham chegara tekshiruv punktida Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya kuchlariga mo‘ljallangan yuklar va yonilg‘i olib ketayotgan mashinalarning chegaradan o‘tishi to‘xtatilgan.

Ozodlik radiosi qoshidagi Mash‘al radiosi bu ma‘lumotni tasdiqladi.

AQSh Davlat departamentining matbuot vakili Filip Krouley 30 sentabr kuni sodir bo‘lgan voqeaning ahamiyatini kichraytirib ko‘rsatishga urindi.

- Xalqaro koalitsiya kuchlari bugun ertalab sodir bo‘lgan voqeani o‘rganish uchun Pokiston hukumati bilan birga ish olib boryapti. Biz Afg‘onistondagi kuchlarimizga ko‘p yo‘llar orqali ta‘minot yetkazib beryapmiz. Biz bitta darvoza yopilganidan xabardormiz va bu masalani Pokiston hukumati bilan muhokama qilyapmiz, - dedi AQSh Davlat departamenti rasmiysi.

Islomobod rasmiylarining sabr-kosasi to‘lganini aks ettirgan bayonotda Pokiston harbiylari “bu bir hafta ichida sodir bo‘lgan uchinchi voqea ekani” bildirilgan.

Pentagon matbuot vakili polkovnik Devid Lepenga ko‘ra, Pokiston e‘lon qilgan bayonotda pokistonlik askarlar “quroldan o‘t ochib vyertolyotlarni ogohlantirgani” bildirilgan.

Lepen: "Agar siz urush borayotgan mintaqada vyertolyotlarga qarata o‘t ochsangiz, odatda ular buni dushman deb qabul qiladi va javob o‘ti ochadi", dedi.

Pentagon matbuot vakili To‘rxam chegara punktining yopib qo‘yilgani Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya kuchlari ta‘minotiga “darhol ta‘sir etmasligi”ni ammo mazkur chegara punkti ochilmasa, ta‘minotga ta‘sir etishi mumkinligini aytdi.

Eslatish joizki, Afg‘onistondagi NATO yetakchiligidagi xalqaro kuchlariga zarur bo‘lgan noharbiy yuklarning asosiy qismi Pokiston hududi orqali yetkaziladi.
XS
SM
MD
LG