Линклар

“Regnum” agentligining O‘zbekiston Aloqa va axborot agentligiga tayangan holda xabar qilishicha, 2011 yili Andijon, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasi aholisi DVB-T (Digital Video Broadcasting-Terrestrial) standarti asosida faoliyat yurituvchi raqamli tele-radio ko‘rsatuvlari hamda radioaloqa xizmatidan foydalanishni boshlaydi.

2008 yilda Toshkent va Buxoro shaharlarida to‘rtta davlat va sakkizta tijorat telekanallari ko‘rsatuvlarini uzatadigan raqamli televideniye uzatgichi sinov tariqasida o‘rnatilgan edi. 2010 yil iyun oyida Toshkent shahrida yana bir uzatgich o‘rnatilib, yangi tizimda ko‘rish mumkin bo‘lgan telekanallar soni 25 taga yetkazildi.

Ayni paytda Navoiy shahridagi erkin iqtisodiy hududda raqamli televizon uzatgichlarni ishlab chiqaruvchi zavod ish boshlagani xabar qilingan.

“Regnum” agentligi xabariga ko‘ra, qurilishi 4 million AQSh dollariga tushgan bu zavod yiliga 50 ming dona raqamli uzatgichlarni ishlab chiqarish quvvatiga ega.
XS
SM
MD
LG