Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:55

Rasht vodiysida harbiylar qurol-aslaha omborini topdi


Rasht vodiysi, Tojikiston
Rasht vodiysi, Tojikiston
Tojikiston maxsus kuchlari Rasht tumanida borayotgan maxsus amaliyotlar chog‘ida qurol-aslaha, dori-darmon va oziq-ovqat saqlanayotgan yashirin ombor topilganini ma‘lum qildi.

Bu haqda ommaviy axborot vositalari berayotgan xabarlarga ko‘ra, ombor Kamarob g‘oridan topilgan. Hukumat kuchlari bu hududda Mudofaa vazirligi avtokolonnasini o‘qqa tutgan janggarilarni qidirmoqda.

Ushbu hujum natijasida 26 harbiy o‘lgan edi.

2 oktabr kuni bu hududda maxsus kuchlari va janggari guruhlar o‘rtasida navbatdagi to‘qnashuvlar boshlangani xabar qilingan hamda bu mamlakat rasmiylari tomonidan qisman tasdiqlangan edi.

Ayni paytda Tojikistondagi muxbirimiz Rasht vodiysida hukumat kuchlari olib borayotgan amaliyotlarga oid ma‘lumotlarni mustaqil ravishda o‘rganish mushkulligicha qolayotganini aytmoqda.
XS
SM
MD
LG