Линклар

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvyedev Belorus rahbariyati va shu jumladan, shaxsan Alyaksander Lukashenkani ikki mamlakat xalqlarini "urushtirib" qo‘yishga urinayotganlikda aybladi.

Medevyedevning bu haqdagi bayonoti uning videoblogida yangradi.

Rossiya prezidentiga ko‘ra, Lukashenkaning dekabrda o‘tajak Belorus prezident saylovi oldidan qilayotgan chiqishlari "mutlaq aksilrossiya bayonotlari hamda Rossiya rahbariyatiga qarshi qarg‘ishlardan iboratdir".

Medvyedev, shuningdek, Minskning Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olishdan bosh tortganini "nomussizlik", deb atadi. Ayni paytda, Rossiya prezidenti fikricha, Belorus Rossiyaning eng yaqin ittifoqchisidir.

Bir necha kun muqaddam Alyaksander Lukashenka Rossiya prezidenti ma‘muriyatidagi mulozimlarni o‘ziga qarshi informatsion kampaniya uyushtirganlikda ayblagan edi.
XS
SM
MD
LG