Линклар

O‘zbekistonda non va kommunal xizmat to‘lovlari qimmatladi

Toshkentdan olingan xabarlarga ko‘ra, non narxi qariyb 15 foizga qimmatlab, eng quyi sifatli 600 gramlik buxanka non narxi 350 so‘mdan 400 so‘mga oshgan.

1 oktabrdan esa, O‘zbekistonda sovuq va issiq suv, markaziy isitish tizimi, kanalizatsiya, elektr energiya va boshqa kommunal to‘lovlari narxi 8 yarim foizga oshirildi.

"Toshissiqlikquvvat" tashkiloti narx oshishiga energetik vositalar narxining oshganini sabab qilib keltirdi.

Bu joriy yilda issiq suv narxining ikkinchi bor oshirilishidir. Birinchi bor narxlar fevral oyida 20 foizga oshirilgan edi.
XS
SM
MD
LG