Линклар

AQShning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidagi doimiy vakili Iena Kelli o‘zbekistonlik ikki jurnalist taqdiridan jiddiy xavotir bildirdi.

4 oktabr kuni AQShning Toshkentdagi elchixonasi tarqatgan bayonotda aytilishicha, AQSh rasmiysi Toshkentda mahkamaga tortilgan jurnalistlar Abdumalik Boboyev va Vladimir Berezovskiylar nomini tilga olgan.

“Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston Ommaviy axborot vositalari ahvolidan jiddiy xavotir bildiradi. Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston hukumatini jurnalistlarni ular chop etgan maqolalari asosida jinoiy javobgarlikka tortish harakatlarini to‘xtatishga chaqiradi”, deyiladi, jumladan AQSh rasmiysining yozma bayonotida.
XS
SM
MD
LG