Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:15

60 kundan beri yer ostida yotgan shaxtyorlar yer ustiga yana 10 kundan keyin chiqadi


Ko'milib qolgan shaxtyorlarning suratlari
Ko'milib qolgan shaxtyorlarning suratlari
Ikki oydan beri yer ostida, 700 metr chuqurlikda qolayotgan chililik 33 nafar shaxtyor yaqin kunlarda qutqarilishi mumkin.

Chili prezidenti Sebastyan Pineraga ko‘ra, qutqaruv ishlari rejadagidan jadalroq olib borilmoqda va shaxtyorlar 15 oktabrda qutqarib olinishi mumkin.

Avvalroq shaxtyorlarning yer ustiga chiqarilishi noyabrda yuz berishi taxmin qilinayotgan edi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning avgust oyida Chilining shahtalaridan birida noxush voqea yuz berib, unda 33 nafar shaxtyor 700 metr chuqurlikda tiriklayin ko'milib qolgan edi. Ikki oydan beri Chili davlati shaxtyorlarni qutqarish bo'yicha ish olib bormoqda. Shaxtyorlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va dori-darmonlar 700 metr chuqurlikka tushurilgan ingichka quvur orqali etkazilib berilmoqda.
XS
SM
MD
LG