Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:45

Falastinda masjidga o‘t qo‘yildi


Isroilda Iordan daryosi g‘arbiy sohilidagi Bayt Fajar qishlog‘i masjidida chiqqan yong‘in tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Falastinliklar yahudiylardan gumon qilmoqda. Ularning aytishicha, masjid devorida ivritda yozilgan bitik qoldirilgan. Voqeaning ba‘zi guvohlari o‘t qo‘yganlarni ko‘rgani, ularning boshlarida yahudiycha do‘ppi bo‘lganini aytmoqda.

Iordan daryosining g‘arbiy sohilida yahudiylar uchun turar-joy qurish yuzasidan e‘lon qilingan moratoriy muddati tugaganidan buyon bu mintaqadagi vaziyat ancha tarang ahvolda.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, xabarlarga qaraganda, moratoriyni qayta tiklash masalasini hukumatning bugungi majlisi muhokamasiga qo‘yishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG