Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:22

Qirg‘iziston janubida halok bo‘lganlar soni 403ga yetdi


Kyrgyzstan -- Ethnic Uzbeks and Kyrgyz jointly dismantle a street barricade on the border of Uzbek district in the southern city of Osh, 20Jun2010
Kyrgyzstan -- Ethnic Uzbeks and Kyrgyz jointly dismantle a street barricade on the border of Uzbek district in the southern city of Osh, 20Jun2010
Qirg‘iziston janubida iyun oyida ro‘y bergan zo‘ravonliklarda halok bo‘lganlar soni rasman 403ga yetgan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik hizmati ma‘lum qildi.

Qirg‘iz rasmiylariga ko‘ra, O‘sh va Jalolobodda ro‘y bergan zo‘ravonliklardan ikki yarim mingdan ziyod odam jabr ko‘rgan.

Avgust oyida qirg‘iz xavfsizlik hizmati mamlakat janubida 368 odam halok bo‘lgani haqda bildirgan edi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik hizmatiga ko‘ra, hozirda Qirg‘iziston janubidagi iyun oygi hodisalar bo‘yicha jami 34ta jinoyat ishi ochilgan, tergov jarayonida 50dan ziyod odam xibsga olingan.

Inson huquq himoyachilari voqealarga aloqadorlikda ayblanayotganlar asosan o‘zbeklar ekanidan xavotir bildirmoqda. Xyuman rayts uotch tashkiloti Qirg‘izistonda o‘zbeklarga qarshi noqonuniy hibsga olishlar va qiynoqqa solishlar davom etayotganini aytib, Bishkek hukumatini o‘zbek ozchiligini himoya qilishga chaqirib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG