Линклар

O‘zbek primadonnasi Yulduz Usmonova uzoq tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonda qo‘shiq kuyladi. Yulduz Usmonova 1 oktabr kuni AQShning Toshkentdagi elchixonasidagi tadbirda qatnashdi.

Pokistonda o‘ldirilgan taniqli amerikalik jurnalist Deniyel Perl xotirasiga bag‘ishlab elchixonada o‘tkazilgan konsertda o‘z muxlislari oldida hozir bo‘lgan Usmonova "hech kim hech qachon mening ovozimni o‘chira olmaydi", deb aytdi.

So‘nggi yillarda Yulduz Usmanovaning qo‘shiqlari O‘zbekistonda radio va televideniye orqali namoyish etilmaydi, ommaviy axborot vositalari u haqda yozmaydi. Uning nomini tilga olish yashirin tarzda taqiqlab qo‘yilgani aytiladi.

Ayni paytda Yulduz Usmonova Turkiyada istiqomat qilyapti.
XS
SM
MD
LG