Линклар

logo-print
AQSh qamoqxonalardan ozod qilingan kubalik dissidentlardan bir guruhiga o‘z hududiga ko‘chib kelib yashashga ruxsat bermoqchi.

Bu haqdagi qarorni AQSh Davlat departamenti seshanba kuni e‘lon qildi.

Departament vakiliga ko‘ra, siyosiy motivlar bilan qamalib bir necha yil qamoqda o‘tirgan 38 nafar kubalikka AQShda istiqomat qilish huquqi beriladi.

Kuba rasmiylari bir necha oy oldin 52 nafar siyosiy mahbusni ozod qilishga rozi bo‘lgan edi.

Ozodlikka chiqarilgan 38 mahbus 2003 yilning martida dissidentlar ommaviy ravishda qo‘lga olingan paytda qamalgan 52 kishining bir guruhidir.
XS
SM
MD
LG