Линклар

Chaplinning suyukli masxarabozi Uizdom vafot etdi


Britaniyalik mashhur komik aktyor, bastakor, prodyuser va ssenariylar muallifi Norman Uizdom 96 yoshida vafot etdi.

Yaqinlarining aytishicha, Uizdomning ahvoli so‘nggi oylarda keskin yomonlashib qolgan edi. Aktyor dushanba kuni Men orolida vafot etdi.

Kino muxlislari Uizdomni o‘ndan ziyod filmning qahramoni mister Pitkin roli ijrochisi sifatida yaxshi taniydi.

Charli Chaplin Norman Uizdomning talantini yuqori baholar, uni "suyukli masxarabozim", deb atar edi.
XS
SM
MD
LG