Линклар

logo-print

Rashtda Tojikiston Milliy gvardiyasi vyertolyoti halokatga uchradi


Tojikiston Milliy gvardiyasi matbuot xizmatidan olingan xabarlarga ko‘ra, 6 oktabr kuni ertalab sodir bo‘lgan aviahalokat natijasida ekipaj a‘zolarining 4 nafari halok bo‘lgan, uch nafar texnik xodim esa turli darajada tan jarohatlari olib, Dushanbedagi harbiy gospitalga yotqizilgan.

Aytilishicha, aviahalokat texnik sabablar tufayli yuz bergan.

Milliy gvardiya mas‘ullariga ko‘ra, vyertolyot halokatining Rashtdagi voqealarga umuman aloqasi yo‘q. Ayni paytda aviahalokat sabablarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tashkil qilingan.
XS
SM
MD
LG