Линклар

logo-print

Tojikistonda bangfurushlar bilan otishma bo‘lib o‘tdi


6 oktabrga o‘tar kechasi Tojikistonning Afg‘oniston va O‘zbekiston bilan chegaralarida tojik chegarachilar o‘tkazgan maxsus amaliyot natijasida taxminan 140 kilogramm narkotik modda musodara qilindi.

Tojikiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining chegaralarni qo‘riqlash boshqarma matbuot boshlig‘i Xushnud Rahmatulloyevning ma‘lum qilishicha, o‘tgan kechada o‘n kishidan iborat afg‘onistonlik narkoguruh a‘zolari Tojikistonning Afg‘oniston bilan janubiy chegarasidan bu tomonga o‘tayotgan paytda ikki o‘rtada otishma boshlanib ketgan. Natijada narkoguruh a‘zolari bo‘lgan afg‘on fuqarolarining ikki nafari o‘ldirilgan. Ulardan qurol-aslaha va katta miqdorda narkotik modda musodara qilingan.

Ayni paytda Tojikistonning O‘zbekiston bilan shimoliy chegarasida ham bir narkoguruh qo‘lga olinib, undan 28 kilo narkotik modda musodara qilingan.

- Dastlabki tergov surishtiruv ma‘lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan panjakentlik Jonibek Rustamov O‘zbekistondagi transmilliy narkoguruh bilan aloqadorligi aniqlangan, - deya bildirdi tojik rasmiysi Xushnud Rahmatulloyev.
XS
SM
MD
LG