Линклар

logo-print
O'zbek tili 1992 yili kiril alifbosidan lotin alifbosiga o'girilganidan beri mana 18 yil ham o'tibdi. Lekin hali ham ko'pchilik kirildan lotinga to'g'ri o'girishni to'lig'icha tushunib yetgani yo'q. Bunga ayrimlar o'zbek tilini lotinga o'girishni qiyinligini ro'kach qilsa, boshqalar jamiyatdagi savodsizlikni sabab deb ko'rsatadi.

Shu muammolardan "ilhomlangan" O'zbekiston internet olamidagi bir guruh yoshlar jamiyatdagi o'zbek tilida orfografik (yozgandagi) xatolarga atab alohida web-sahifa tashkil qilishgan. Web-sahifaning nomi Konfuz (www.conf.uz) bo'lib o'zbek tilida "chalkash" yoki "pala-partish" degan ma'noni anglatadi.

Web-sahifa shunisi bilan yahshiki unda hohlagan inson ro'yhatdan o'tib, ma'lumotlar qo'yishi mumkin. Qanday ma'lumot deysizmi? Agar siz biror bir joyda o'zbek tili lotinda (kirilda ham bo'laveradi) noto'g'ri yozilganiga guvoh bo'lsangiz, uni suratga olib, shu web-sahifaga qo'yishingiz mumkin. Bugungi kunda Konfuzda jamiyatdagi "noto'g'ri lotindagi" o'zbek tilining ko'p suratlari bor.

Konfuzda O'zbekistonda ko'pchilik rus tilini no'to'g'ri yozishi borasida foto-dalillar ham yo'q emas.

Agar internetda Konfuzga o'hshash qiziqarli web-sahifalarga duch kelsangiz, ularni lutfan bizning elektron adresimizga jo'nating - yoshtolqin@gmail.com.

Qo'shimcha ma'lumot:

Konfuzdagi to'plangan ma'lumot yangi texnologiyalar tilida "user generated content", deb ataladi. Yani, alohida mualliflar emas, balki foydalanuvchilarning o'zlari boshqalar uchun ma'lumot qo'yishadi. Ma'lumot oldi-berdisining bu usuli dunyo bo'ylab keng tarqalgan.
XS
SM
MD
LG