Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:08

Bishkekliklar saylovga boradimi?


Shu kunda Bishkek ko‘chalaridagi reklama taxtalarining aksariyatida turli partiyalarning targ‘ibot bannerlari ilingan.
Shu kunda Bishkek ko‘chalaridagi reklama taxtalarining aksariyatida turli partiyalarning targ‘ibot bannerlari ilingan.
Shu yilning 10 oktabr kuni Qirg‘izistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tadi. Saylov oldidan qirg‘izistonliklarning aksariyati qaysi partiya uchun ovoz berish masalasini o‘zlari uchun hal qilib olganlar.

Qirg‘iziston poytaxtida shu kunda ko‘chalar saylovoldi targ‘ibot materiallari bilan to‘lib-toshgan. Bunday targ‘ibotnomalarni ko‘cha yo‘li bo‘ylab daraxtlarda, avtomashinalarda va hatto axlat qutilarida ham uchratish mumkin.

Bishkekning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘lmish Manas ko‘chasidagi daraxtlarning shoxlariga alvon tasmalar osib tashlangan. Bu Qirg‘izistondagi “Ata meken” partiyasining targ‘ibot usuli.

Oddiy bishkekliklar bu targ‘ibot vositalariga ahamiyat bermasdan o‘z ishi bilan qayergadir shoshib ketmoqda. Go‘yo ular uchun bo‘lajak saylovning ahamiyati yo‘qdek. Shaharliklarning ayrimlari esa allaqachon saylovga bormaslik qaroriga kelib bo‘lgan.

Bishkekdagi muxbirimiz Basira oddiy shaharliklar bilan kelayotgan parlament saylovlariga borasida, deputatlikga nomzodlar va ularning partiyalari haqida suhbat qurdi:

XS
SM
MD
LG