Линклар

AQShga doimiy ketishni istovchi o‘zbeklar soni oshmoqda


2009 yil yakunlari bo‘yicha¸ AQSh Grin Kardini yutish bo‘yicha o‘zbekistonliklar dunëda 6-pog‘onaga ko‘tarildi.

2009 yil yakunlari bo‘yicha¸ AQSh Grin Kardini yutish bo‘yicha o‘zbekistonliklar dunëda 6-pog‘onaga ko‘tarildi.

5 oktabr kuni AQSh Davlat Departamenti 2012 yil “Turli Millat Vakillari uchun Immigratsion Vizalar” - Grin Kard lotereyasiga ro‘yxatga olish davrining boshlanganini e‘lon qildi. Soni yil sayin ko‘payib boraëtgan Amerikaga ketish orzusidagi o‘n minglab o‘zbeklar uchun o‘z omadlarini sinab ko‘rish uchun yana bir oylik muhlat boshlandi.


Maqolaning audisoni eshiting:


O‘zbekiston chekka viloyatlaridan birida yashovchi 28 yashar Gulnozaning omadiga shu kunlarda uni tanigan-tanimaganlar havas qilmoqda. Sababi¸ uning "sehrli diyor" atalmish Amerikaga doimiy yashash haqqini qo‘lga kiritishiga bir qadam qolgan. Gulnoza 2011 yilgi Grin Kard lotereyasida bunday haqni yutganlardan biri.

- Birinchi qatnashganimdan chiqqanidan juda ham xursandman. To‘g‘risi¸ unchalik kutmagandim. Juda ham xursand bo‘lib yig‘ladim. Sevinch yoshlari edi bu. Hammamiz xursandmiz¸ deydi Gulnoza.

5 oktabr kuni AQSh Davlat Departamenti tomonidan o‘tkaziladigan yillik bu lotereyaning 2012 yilgi o‘yinida qatnashish uchun ariza topshirish muhlatiga start berildi. Gulnoza kabi xorijga chiqib o‘z baxtini sinab ko‘rish orzusida yashayotgan o‘n minglab o‘zbekistonliklar bir oy ichida AQSh Davlat Departamentining maxsus sahifasiga kirib¸ ariza topshirishlari mumkin.

O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi Konsullik bo‘limining Immigratsiya masalalari bo‘yicha mutasaddisining Ozodlikka aytishicha¸ bu lotereyada qatnashayotgan va unda Grin Kard yutib olayotgan o‘zbekistonliklar soni yil sayin oshib bormoqda.

- «Turli Millat Vakillari uchun Immigratsion Vizalar» bo‘yicha o‘tkazilgan o‘tgan yilgi lotereya natijalari bo‘yicha¸ o‘zbekistonliklar yutuq chiqqanlar orasida dunyoda oltinchi o‘rinni egalladi. Bundan avvalgi yili ular yettinchilikda edi¸ deydi AQSh Konsulligi rasmiysi.

Orzularim boshladi vebga...

AQSh Davlat Departamenti vakili¸ o‘zbekistonliklarning AQSh Grin Kardini yutuvchilar ro‘yxati tepasiga ko‘tarilayotgani sababini bu lotereyada qatnashayotgan o‘zbeklar sonining nihoyatda ko‘pligi bilan izohlaydi.

- Buning yagona sababi¸ Grin Kard lotereyasining o‘zbekistonliklar orasida nihoyatda mashhur bo‘lib ketganidir. Borgan sari ko‘proq o‘zbeklar bu lotereyada qatnashmoqda. Bu yerda gap kvotada emas. AQSh Davlat departamenti o‘rnatgan kvotaga ko‘ra¸ bitta mamlakatdan bir yilda 3500 dan oshiq talabgor Grin Kard ololmaydi¸ xolos. Yaqin orada O‘zbekistondan Grin Kard yutayotganlar soni bu kvotaga yetib qolishi mumkin¸ deydi O‘zbekistondagi AQSh elchixonasining Immigratsiya masalalari bo‘yicha mutasaddisi.

O‘zbekistonlik Gulnozani¸ aftidan u kabi o‘z taqdirini AQSh Grin Kard lotereyasida sinab ko‘rishga qaror qilganlarni¸ Davlat Departamentining vyeb sahifasiga kirib uncha oson bo‘lmagan arizani to‘ldirishiga o‘zi va farzandlari uchun yaxshiroq hayot¸ yaxshiroq imkonlar topish orzusi undamoqda.

- O‘zim yashab turgan O‘zbekistonni yaxshi ko‘raman, lekin aylanib ko‘rish uchun, ishlash uchun havas qildim borishga. Orzularim katta. Xudo xohlasa Amerikaga borsam, til o‘rganmoqchiman, ishlamoqchiman. Qizim bor. Qizim katta bo‘lsa, Xudo xohlasa yaxshi maktablarda o‘qitmoqchiman. Oilam uchun, qizimning kelajagi uchun orzu qilgandim¸ deydi Gulnoza.


Grin Kard yutish hali AQSh Immigratsion vizasi naqd degani emas....

AQSh Davlat Departamenti o‘rnatgan qoidaga ko‘ra¸ Grin Kard lotereyasi asosida har yili jahon bo‘ylab 50 000 odamga AQSh da doimiy yashash haqqini beruvchi immigratsion viza beriladi. Ammo ishtirokchilar mashina vositasida tasodifan tanlanadigan lotereyada 100 mingga yaqin o‘yinchi nomiga yutuq chiqishi mumkin. Shu bois¸ deydi AQSh diplomati¸ lotereyada yutuq chiqqani hali AQSh ga jo‘nash uchun yo‘llanma emas.

- Masalan¸ 2010 yilgi lotereyada yutuq chiqqan 4059 o‘zbekistonlikning faqat 3223 nafariga AQSh immigratsion vizasi berildi. Undan avvalgi yili esa¸ 2248 lotereya ishtirokchisiga AQSh da doimiy yashash haqqini anglatuvchi vizalar berildi¸ deydi AQSh ning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili.

Aytilishicha¸ lotereyada yutuq chiqqanlar¸ so‘ngra AQSh Davlat Departamentining maxsus me‘yorlari asosida yana chig‘iriqdan o‘tkaziladi. Bu jarayonda¸ norasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra¸ AQSh xavfsizlik manfaatlari inobatga olinadi va ehtimoliy immigrantning moliyaviy ahvoliga ham qaraladi. Davlat Departamenti vakillari tomonidan ma‘qullangan yutuqlilargagina¸ so‘ngra AQSh ga legal rezident sifatida ko‘chib ketish haqqini beruvchi immigratsion viza qo‘yiladi.

Har yerniki qilmagin orzu¸ har yerda bor toshu tarozu...

O‘zbekistonlik Gulnoza kabi¸ okean ortidagi sehrli diyorga bir olam orzu bilan yo‘l olgan lotereya g‘oliblarini bu yerda anchagina murakkab jarayon kutadi¸ deydi bundan ikki yil avval o‘zi ham lotereyada Grin Kard yutib¸ Nyu Yorkka ko‘chib kelgan Halimjon.

- Kelganda bilishadi buni. Til bilan tushuntirish juda qiyinda odamlarga. Bir kelib o‘zi ko‘rganda tushunishadi odamlar. Biz musulmon oilasida katta bo‘lganimiz uchun bu yerda adaptatsiya qilish juda qiyin. O‘zingizning rayoningizni, qishlog‘ingizni topib olmaguningizcha, u shahardan bu shaharga yuravyerasizda endi. Obrazovaniyesi bor odamlar¸ albatta¸ ish topishadi. Chunki hukumat yordam beradi bu masala bo‘yicha. Obrazovaniyesi yo‘q odamlar juda qiynaladi. Og‘ir ishlarda ishlashadi hammasi¸ deydi Halimjon.

AQSh Davlat Departamenti vakilining Ozodlikka bildirishicha¸ lotereyada yutib¸ AQSh immigratsion vizasini olganlarga¸ mazkur dastur doirasida hech qanday ijtimoiy yordam ajratilmaydi¸ hukumat ularning til o‘rganishi yoki ish topishi uchun majburiyatni zimmasiga olmaydi. Ammo bu jarayonni o‘z boshidan o‘tkazgan Halimjonning aytishicha¸ Amerikaga borgach¸ yangi immigrantlar hukumatning boshqa dasturlaridan foydalanib¸ bepulga til o‘rganishlari va ish topishlari mumkin.
XS
SM
MD
LG