Линклар

logo-print

6 oktabr kuni tonggi soat to‘rtlarda Qo‘qon shahar hokimligining qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi Muhammadjon Imomaliyev, uning rafiqasi va ikki o‘g‘li noma‘lum shaxslar tomonidan chavaqlab ketildi. Voqeaga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan savol javobini qidirishga harakat qildik.

Maqolaning audiosini eshiting:


6 oktabr tonggi soat to‘rtlarda Qo‘qondagi sodir etilgan mudhish qotillik to‘rt kishining hayotiga nuqta qo‘ydi. Qo‘qon shahar hokimligining qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi Muhammadjon Imomaliyev, uning rafiqasi, o‘g‘illari - Qo‘qondagi sanoat qurilish banki boshqaruvchisi Ravshanbek va yaqinda Amerikadan ishlab qaytgan Rustambekni noma‘lum shaxslar chavaqlab ketdi.

Voqeadan xabardor qo‘qonliklardan birining aytishicha, ular tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilayotgan paytda yo‘lda jon berishgan.

6 oktabr kuni kechki soat to‘rtlarda Muhammadjon Imomaliyev va uning oila a‘zolariga janoza o‘qildi.

- Hozir ta‘ziyadan chiqdik. Olib borib, qabristonga ko‘mib keldik u kishini. Erta bilan saharda shunaqa ish bo‘lgan ekan. Bugun sahar to‘rtlarda shunaqa voqea bo‘libdi. Qotillar uning uyiga kirib, shunaqa qilganda. Mahammadjon akani, xotinini va ikkita o‘g‘lini pichoqlagan. Tez ërdam kelgan. Tez ërdam bolnitsaga borguncha, ular ko‘p qon yo‘qotib vafot etishgan. O‘g‘illarining kattasi Rustamjon va kichkinasi Ravshanjon degan yigitlar, deydi qo‘qonlik suhbatdoshimiz.

Ushbu mudhish qotillik tergov qilish uchun Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura va ichki ishlar idoralari hamkorligida maxsus guruh tuzilgani aytilmoqda.

Biz Farg‘ona viloyat prokuraturasiga qo‘ng‘iroq qilganimizda ushbu qotillik bo‘yicha tergov - surishturuv ishlarini Qo‘qon shahar prokuraturasi olib borayotganini aytishdi. Qo‘qon shahar prokuraturasi bilan telefon orqali bog‘lanish imkoni bo‘lmadi.

Biroq Qo‘qon shahar hokimligidan ayrim savollarimizga javob oldik. Ozodlik bilan suhbatda Qo‘qon shahar hokimligi xodimi mudhish qotillik yuzasidan quyidagilarni ma‘lum qildi.

- Muhammadjon aka bizda hokimlikda qurilish bo‘limida bosh mutaxassis bo‘lib ishlar edi. Bizda qurilish o‘rinbosari yo‘q bo‘lib ketganda. Bitta shu kishi bizda qurilish bo‘yicha bosh mutaxassis bo‘lib ishlardi. Bitta o‘g‘illari Amerikada ishlar edi. U kelgan ekan otpuskaga chiqib. Bitta o‘g‘illari Promstroybankda upravlyayushiy bo‘lib ishlardi. O‘zlari bizda ishlardi.

Ozodlik: Voqea sabablari haqida biror narsa aniqlandimi?

- Buni hali o‘rganishgani yo‘q. Lekin qilgan odam ushlanibdi. Endi ma‘lum bo‘lsa kerak.

Ozodlik: Kim ekan ushlangan odam?

- Bir ësh yigit ekan. Hali noma‘lum u. Kim bilsin o‘g‘irlikka tushganmi ëki qasddan bir nima qilib tushganmi. Biz ham boshimiz qotib hang-mang bo‘lib qoldik. Butun shaharni muzlatdi bu voqea (xo‘rsinib) Eh, juda ëmon, xunuk xabar, dedi Qo‘qon shahar hokimligi xodimi.

Ozodlik iltimosiga ko‘ra, ushbu qotillik sabablarini o‘rgangan va ismi sir qolishini istagan farg‘onalik huquq faoli qotillik bo‘yicha uchta taxminni keltiradi.

- Birinchi taxmin: Qo‘qondagi obodonlashtirish ishlari ortidan bir qancha o‘ziga to‘q shaxslar bir necha million so‘mlik mol-mulkidan ajrab qoldi. Uylari buzilgan kishilarga bir so‘m ham tovon puli berilmadi. Obodonlashtirish ishlariga bevosita Qo‘qon shahar hokimligi qurilish bo‘limi rahbari Muhammadjon Imomaliyev boshchilik qildi. Ko‘pchilik shu odam ortidan ancha-muncha boyligidan mosuvo bo‘ldi. Balki bu qotillik mol achchig‘ida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi taxmin: Muhammadjon Imomaliyevning bankir o‘g‘li bilan bog‘liq. Uning o‘g‘li Ravshanbek katta bankir edi. Qo‘qonda kredit sohasini monopoliyaga aylantirgan kishilardan biri edi. Balki kredit ololmay yurganlardan birortasi qasd olgan bo‘lishi mumkin.

Uchinchi taxmin: Oddiy o‘g‘rilik bo‘lishi mumkin. Muhammadjon Imomaliyevning yana bir o‘g‘li Rustambek yaqinda Amerikadan anchagina pul ishlab qaytdi. Bundan xabardor kimdir o‘g‘irlikka tushgan paytida uyda hamma bo‘lganu, o‘g‘rilar guvohlardan qutilish uchun ularni chavaqlagan. Men bu taxminlarni Qo‘qondagi huquq-tartibot idoralarida ishlaydigan tanish-bilishlarim orqali va Muhammadjon Imomaliyevga yaqin bo‘lgan ayrim kishilar bilan so‘zlashib aniqladim, deydi farg‘onalik huquq faoli.

Qotillik motivlariga oid rasmiy vyersiyalar oshkor qilinganicha yo‘q.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG