Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:54

Prezident Karimov Qoraqolpog‘istonga safar qildi


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 5 oktabr kuni Qoraqalpog‘istonga safar qildi.

O‘zbekiston rahbari murakkab ekologik sharoitda yashab, mehnat qilayotgan Orolbo‘yi mintaqasi aholisining "iqtisodiy hamda paxtachilik va g‘allachilikda erishayotgan yutuq"lariga katta baho berdi va davlatga paxta sotish majburiyatini respublikada birinchilardan bo‘lib bajargani uchun ularni qutladi.

O‘tgan oy Nyu Yorkda BMTning Mingyillik sammitida nutq so‘zlagan Islom Karimov so‘nggi 40 yil mobaynida Orol dengizining kengligi yetti baravar, suv hajmi esa 13 baravar kamayganini ta‘kidlagan edi. "Quriyotgan Orol muammosi bu mintaqada yashovchi millionlab odamlar muammosidir", degan edi Karimov.
XS
SM
MD
LG