Линклар

13-14 oktabr kunlari Toshkentda VI Xalqaro paxta yarmarkasi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma‘lum qildi.

Yarmarka davomida tadbir qatnashchilari o‘zbek paxtasini sotib olish bo‘yicha shartnomalarni imzolashlari va davra suhbatlariga qatnashishlari mumkin.

O‘zbekiston paxtasini sotib oluvchi jahondagi yirik to‘qimachilik korxonalari mamlakatda bolalar mehnatidan foydalanilayotganin da‘vo qiladi va ularning ayrimlari o‘zbek paxtasiga bayqot e‘lon qilgan.

O‘zbekiston rasmiy idoralari esa mamlakatda bolalar mehnatidan foydalanilmayotganini aytishadi.
XS
SM
MD
LG