Линклар

logo-print
O‘zbekiston rahbariyatining hisob-kitobicha, agar Tojikistondagi Rog‘un GESi qurilguday bo‘lsa, uning to‘g‘oni ortidagi havza to‘lgunicha, o‘zbekistonliklar 8 yil suvsiz o‘tirishga majbur bo‘ladi.

Regnum axborot agentligi xabar qilishicha, O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Qoraqalpog‘istonga 5 oktabr kungi safari davomida qilgan chiqishi chog‘ida Rog‘un qurilishi masalasiga to‘xtalgan:

“Rog‘un suv ombori suv bilan to‘lgunicha O‘zbekiston aholisi 8 yil suvsiz yashashiga qanday qilib yo‘l qo‘yamiz, bu vaqt ichida dehqonlarimiz nima ish qiladi?”

O‘zbekiston rahbariga ko‘ra, shu kunda mamlakat bo‘ylab sug‘oriladigan maydonlar 4,3 million gektardir.

- Agar suv taqchilligi bo‘lmaganida biz bu maydon hajmini 10 mln gektarga yetkazgan bo‘lar edik, - degan Islom Karimov.

Rog‘un GESi masalasi ikki qo‘shni davlat o‘rtasida bahslarga sabab bo‘lib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG