Линклар

Perulik mashxur yozuvchi Mario Vargas Losa Adabiyot bo‘yicha 2010 yilgi Nobel mukofoti sohibi bo‘ldi.

Shvyesiya akademiyasi 74 yashar adibga nufuzli mukofotni “u o‘z asarlarida hokimiyat tizimlarini batafsil tasvirlagani, shuningdek, yakka shaxslar isyoni, qarshiligi va mag‘lubiyatini yorqin aks ettirgani uchun” berdi.

Mario Vargas Losa 1936 yilda Peruda tug‘ilgan. 1990 yilda Peruda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Losi siyosiy raqibi Alberto Fuximoriga yutqazgan. So‘nggi yillarda Mario Vargas Losa Madridda yashab keladi.

Losaning qator asarlari ko‘p tillarga tarjima qilingan.

Ayniqsa, uning “Qiyomat urushi”, “Cherkovdagi suhbat” kabi romanlarini kitobxonlar yaxshi biladi.

8 oktabr kuni 2010 yilgi Nobel tinchlik mukofoti va 11 oktabrda Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari e‘lon qilinadi.
XS
SM
MD
LG