Линклар

Interfaksning xabar qilishicha, Rossiya Federal Mehnat va bandlik xizmati Moskva xalqaro univyersitetini Moskva shahri sobiq hokimi Yuriy Lujkovga o‘ta oz ish haqi tayinlagani uchun jarimaga tortishi mumkin.

Ma‘lum bo‘lishicha, Lujkov hokimlikdan olinganidan so‘ng tilga olingan o‘quv yurti fakultetlaridan biri dekani bo‘lib ishga kirgan. Arizasida oyiga 1 rubl maoshga ishlashga roziligini bildirgan.

Federal Mehnat va bandlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Andrey Selivanovning Interfaksga aytishicha, Rossiya Mehnat kodeksiga ko‘ra, oylik maosh chegaralab qo‘yilgan minimum – 4330 rubldan kam bo‘lmasligi lozim.
XS
SM
MD
LG